calendar 09 Oct 12:40
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

Hasanboy Doʻsmatov 2, Murodjon Ahmadaliyev esa 3 pogʻona pastladi. Yangilangan WBO reytingida 7 nafar bokschimiz joy olgan

image
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi. Bu haqda tashkilot saytida koʻrish mumkin.

Qayd etilishicha, reytingdan 7 nafar bokschimiz joy olgan boʻlib, birgina yurtdoshimiz reyting yetakchisi boʻlib turibdi.

Xabar berilishicha, Hasanboy Doʻsmatov (birinchi oʻta yengil vazn (48,8 kg): oʻtgan oydagidan 2 pogʻona pastlab, 10-oʻringa joylashgan boʻlsa, Olimjon Nazarov (oʻta yengil vazn toifasi ' 50,8 kg) oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab, 4-oʻrinni qayd etdi.

Shuningdek, isteʼdodli sportchimiz Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi ' 55,3 kg) oʻtgan oydagidan 3 pogʻona pastlab, 8-oʻringa tushib ketdi. Yaqindagina Rossiyada jang oʻtkazgan Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn toifasi ' 55,3 kg) oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab, 5-oʻringacha koʻtarila oldi.

Shahram Gʻiyosov (yarim-oʻrta vazn toifasi ' 66,6 kg) oʻtgan oydagi kabi vazn peshqadami boʻlib qoldi. U soʻnggi oylarda yetakchilikni hech kimga bermayapti.

Reytingdan joy olgan soʻnggi ikki bokschilarimizdan Bektemir Meliqoʻziyev (super-oʻrta vazn ' 76,2 kg) oʻtgan oydagidan 2 pogʻona pastlab, 11-oʻringa joylashgan boʻlsa, Bahodir Jalolov (super-ogʻir vazn ' 90,7 kg) oʻtgan oydagidek 15-oʻrinda qoldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:37
 
11
0
postda.uz

SOG'LOM HAYOT UCHUN

Osoyishtalik posbonlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish hamda ularning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi bilan ham muntazam ravishda mashg'ulotlar olib borilmoqda.

09 Oct 12:40
 
9
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin

Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parijning PSJ klubi oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani maʼlum qildi. Bu haqda u oʻz X sahifasida yozdi.'PSJ braziliyalik himoyachi Markinosga oʻrinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod', deydi u.Shuningdek, 'Foot01' sayti oʻzbekistonlik futbolchini eʼtirof etgan va tez orada uni Yevropaning top-klublarida, jumladan, PSJda koʻrishimiz mumkinligini qayd etgan.'Abduqodir Husanov mavsu

09 Oct 12:37
 
9
0
postda.uz

Voleybolchi ayollar bellashuvi

Joriy yilning 17–20-sentabr kunlari sportning voleybol turi boʻyicha Toshkent shahar IIBB boshqarmalari va tuman IIOFMBlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar birinchilik uchun oʻzaro bellashishdi.Musobaqa yakuniga koʻra Sergeli tumani jamoasi 3-oʻrin, Yakkasaroy tumani sportchi ayollari 2-oʻrinni band etishdi. Barcha jamoalardan ustunlik qilgan Toshkent shahar IIBB boshqarmalaridan tashkil topgan markaziy apparat terma jamoasi esa 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.Gʻolib va sovrindorlarga IIBB

03 Sep 21:36
 
38
0
xs.uz

IBA Osiyo mamlakatlari boʻyicha muhim bayonoti eʼlon qilindi

Qayd etilishicha, xalqaro boks assotsiatsiyasi Osiyo boks konfederatsiyasi delegatlarining IBAʻda qolish boʻyicha qarorini qoʻllab-quvvatlaydi. 'Bu qaror IBAʻning butun dunyo boʻylab boks rivoji yoʻlida qilgan mehnatini, IBA boks oilasi birdamligi uchun qilgan ishlarini koʻrsatib berdi', deyiladi xabarda.Shuningdek tashkilot Milliy Olimpiya qoʻmitalar oʻz federatsiyalariga tarkibimizdan chiqish borasida bosim boʻlishi mumkinligini toʻgʻri tushunadi. Ular shunchaki oʻz sportchilarini