calendar 15 Jul 12:02
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mask Trampning saylovoldi kampaniyasiga xayriya qildi

image

Milliarder Ilon Mask AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning saylovoldi kampaniyasiga xayriya qildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkor Trampni qo‘llab-quvvatlovchi America PAC siyosiy faollik qo‘mitasiga pul xayriya qilgan. Mask qancha pul o‘tkazgani noma’lum. Ammo “Bloomberg” manbalari bu miqdorni "sezilarli" deb atamoqda.

Qayd etilishicha, Mask hali AQSH prezidentligiga nomzodlarning birortasini ochiq qo‘llab-quvvatlamagan.

Shuningdek, tadbirkor agentlikning xayriya ma’lumotlariga izoh berish so‘roviga javob bermadi. Tramp kampaniyasi va America PAC ham izoh berishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask AQSHning amaldagi rahbari Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan saylovoldi debatdan keyin Amerika hukumatini aslida hech kim boshqarmayotganini taxmin qilgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Jul 18:31
 
54
0
qalampir.uz

Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi NATO uchun asosiy xavfni olib keladi – Stoltenberg

Kecha, 9 iyul kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Vashingtonda boshlangan NATO Davlat va hukumat rahbarlari sammitida alyans davlatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmasligini aytdi. Bu haqda alyans matbuot xizmati xabar berdi. Ukrainadagi vaziyatni tahlil qilish va mamlakatni qo‘llab-quvvatlash mavzusi bilan boshlangan sammit kun tartibida Stoltenberg ittifoqchilarni Kiyevga nisbatan ko‘makni kuchaytirishga chaqirdi. Alyans rahbarining so

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Rossiya Harbiy-havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qo‘mondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. Kobilash 1965 yilda Odessada tug‘ilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2023 yil yanvar oyida Ukraina Xa

26 Aug 12:29
 
27
0
xs.uz

Telegram Durov hibsga olinganidan keyin ilk rasmiy bayonotni eʼlon qildi

Telegram jamoasi ijtimoiy tarmoq asoschisi va bosh direktori Pavel Durovning hibsga olinishiga birinchi marta rasmiy bayonotini eʼlon qildi.'Biz bu vaziyatning tezroq yechim topishini kutmoqdamiz. Telegram siz bilan', deyiladi bayonotda.

18 Jul 11:47
 
49
0
qalampir.uz

BMT Xavfsizlik Kengashining Falastin muammosi bo‘yicha so‘nggi qarorlari qog‘ozda qoldi – Lavrov

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Falastin muammosi bo‘yicha barcha so‘nggi qarorlari hozirgacha faqat “qog‘ozda” qolmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi raisi, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yaqin Sharqdagi vaziyat, jumladan, Falastin masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z ochdi.  Lavrov Rossiya Falastinning BMTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. “Bugungi kunda eng keskin va dolzar