calendar 10 Jul 18:31
eye 54
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi NATO uchun asosiy xavfni olib keladi – Stoltenberg

image

Kecha, 9 iyul kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Vashingtonda boshlangan NATO Davlat va hukumat rahbarlari sammitida alyans davlatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ya olmasligini aytdi. Bu haqda alyans matbuot xizmati xabar berdi.

Ukrainadagi vaziyatni tahlil qilish va mamlakatni qo‘llab-quvvatlash mavzusi bilan boshlangan sammit kun tartibida Stoltenberg ittifoqchilarni Kiyevga nisbatan ko‘makni kuchaytirishga chaqirdi. Alyans rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning g‘alabasi katta xavflardan biri bo‘ladi.

“Ushbu urushning natijasi o‘n yilliklar uchun global xavfsizlik tizimini belgilab beradi. Yo‘qotish va xavf-xatarlarsiz g‘alaba qilishning imkoni yo‘q. Biroq eng katta xarajat va eng katta xavf – bu Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi bo‘ladi. Biz bunga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim”, degan alyans Bosh kotibi.

Uning qayd etishicha, Rossiya urushda g‘alaba qilsa, bu Prezident Putin, shuningdek, Eron, Shimoliy Koreya va Xitoydagi boshqa yetakchilarni ham ruhlantiradi.

“Erkinlik va demokratiyani himoya qilish vaqti keldi”, deya ta’kidlagan Stoltenberg.

Shu bilan birga, u Ukraina kabi yangi davlatlarni NATOga qabul qilishni davom ettirish tarafdori ekanligini eslatgan. Bosh kotibga ko‘ra, “Sovuq urush” tugaganidan keyin ittifoqning kengayishi Yevropani birlashtirib, integratsiyaga yo‘l ochdi va qit’aga tinchlik va farovonlik olib keldi.

“O‘sha paytdagidek, bugun ham aniqlik va qat’iyat borasida namuna ko‘rsatish kerak”, deydi u.

Ma’lumot uchun, NATO tashkil topganining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan sammitda tashkilotning ittifoq geografiyasi uchun tahdid va xavflarga qarshi kurash va mudofaa sohasidagi sa’y-harakatlari haqida ham fikr almashiladi. Sammit 9-11 iyul kunlari davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat departamentining yuqori martabali rasmiylaridan biri Ukrainaning NATO sammitida havo hujumidan mudofaa tizimlarini qo‘llash borasida yaxshi xabar olishini aytgandi. Shuningdek, Vashingtonda “No to NATO” faollar uyushmasi tomonidan alyans sammitiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 23:17
 
92
0
xs.uz

Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini maʼlum qildi

AQSHning amaldagi yetakchisi Jo Bayden prezidentlik poygasini tark etishini va davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun kurashmasligini maʼlum qildi. Shunday qilib, u barcha saylov tadbirlarida ishtirok etishni toʻxtatadi.Shu bilan birga, u muddatining oxirigicha AQSH prezidenti sifatida qolishini taʼkidladi.AQSH ommaviy axborot vositalari xabarlariga koʻra, vitse-prezident Kamala Xarris uning oʻrnini egallash uchun asosiy daʼvogar sifatida koʻrilmoqda.AQSHda prezidentlik saylovlar

15 Jul 21:42
 
165
0
qalampir.uz

Britaniya TIVning yangi rahbari Isroil va Falastinga bordi

Britaniyaning yangi Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Isroil va Falastinda bo‘lib rasmiylar bilan uchrashdi. Bu haqda uning o‘zi X’dagi sahifasida yozdi. Lemmi Quddusda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu  va Ramallohda Falastin Bosh vaziri Muhammad Mustafo bilan uchrashgan. “G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, barcha garovga olinganlarni ozod qilish kerak”, deb yozgan Devid Lemmi. TIV rahbarining ta’kidlashicha, tinch aholini himoya qil

18 Jul 12:04
 
55
0
xs.uz

Sunʼiy yoʻldosh Putinning oʻrmon ichida yashiringan qalʼasini fosh qildi – Newsweek (+Xarita va suratlar)

Sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Moskva shimolidagi Valday shahrida havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan jihozlangan qalʼasi mavjudligini aniqladi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar qildi.Qayd etilishicha, dastlabki hisobotlarda bu yerda faqat bitta 'Pansir' tizimi oʻrnatilgan bunker mavjudligi aytilgan. Biroq yangi tasvirlar hudud atrofida ushbu tizimlardan kamida yettitasi borligini koʻrsatgan. Havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarining koʻpayis

18 Jul 21:52
 
71
0
qalampir.uz

Hindistonda poyezd relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar bor (video)

Hindiston shimolida bugun, 18 iyul kuni yo‘lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda ABC News xabar berdi. Davlatning yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha komissari Navin Kumarning aytishicha, halokat joyiga o‘nlab qutqaruvchilar, 40 kishilik shifokorlar guruhi va tez tibbiy yordam brigadasi hamda 15 tez yordam mashinasi yetib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlar shifoxonalar va h