calendar 18 Jul 11:47
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

BMT Xavfsizlik Kengashining Falastin muammosi bo‘yicha so‘nggi qarorlari qog‘ozda qoldi – Lavrov

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Falastin muammosi bo‘yicha barcha so‘nggi qarorlari hozirgacha faqat “qog‘ozda” qolmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi raisi, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yaqin Sharqdagi vaziyat, jumladan, Falastin masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z ochdi. 

Lavrov Rossiya Falastinning BMTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

“Bugungi kunda eng keskin va dolzarb muammo, albatta, Falastin muammosi. Xavfsizlik Kengashi oxirgi 10 oy ichida vazirlar taklifi bilan to‘rtinchi marta uchrashmoqda. 4 ta rezolyutsiya qabul qilindi. Biroq, bosib olingan Falastin hududlarida davom etayotgan qon to‘kilishi bu qarorlarning barchasi “qog‘ozda” qolganini tasdiqlaydi”, deb ta’kidladi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya terrorizmning barcha ko‘rinishlarida izchillik bilan qarshilik ko‘rsatadi. Vazirning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qarshi sodir etilgan hujumni so‘zsiz qoralagan.

“Ammo G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar tinch aholini qabul qilib bo‘lmaydigan jamoaviy jazodir”, deydi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyuldan BMT Xavfsizlik Kengashidagi raislik bir oy muddatga Rossiyaga o‘tgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 13:35
 
79
0
qalampir.uz

AQSH Ukrainaga 225 mln dollarlik yordam paketi ajratdi. U nimani o‘z ichiga olgan?

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng 225 million dollar miqdoridagi qo‘shimcha yordam paketini e’lon qildi. Paketga Patriot SAM batareyasi, Himars MLRS o‘q-dorilari va Stinger zenit raketalari kiradi. AQSH Mudofaa vazirligi veb-saytidagi press-relizga ko‘ra, ushbu yordam paketi 2021 yil avgustidan beri 61-chi yordam paketidir. U havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketa tizimlari va artilleriya uchun o‘q-dorilar, shuningdek,

15 Jul 12:02
 
38
0
qalampir.uz

HAMAS qo‘mondoni o‘lganiga ishonmayman – Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat qo‘shinlari tomonidan G‘azoning markaziy qismiga qilingan hujumda HAMASning yuqori darajadagi qo‘mondoni o‘ldirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u kecha, 13 iyul kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi. “HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Deyf havo hujumida haqiqatan ham o‘ldirilganmi yoki yo‘qmi, bu Isroilga haliyam qorong‘u”, degan Bosh vazir.

19 Jul 10:14
 
52
0
qalampir.uz

Xitoyda savdo markazidagi yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi (video)

Kecha, 17 iyul kuni Xitoyning Szigun shahridagi savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi. Sichuan provinsiyasi hududida joylashgan 14 qavatli binodagi yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida boshlangan. Yong‘in birinchi qavatda sodir bo‘lgan. Taxminan to‘rt soatdan so‘ng, qutqaruvchilar savdo markazidan yong‘in tufayli qamalib qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘

17 Jul 13:54
 
66
0
qalampir.uz

AQSH Eronning Trampni o‘ldirish rejalari haqida ma’lumot olgan – CNN

AQSH hukumati so‘nggi haftalarda Eron tomonidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirgani haqida razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan. Bu haqda kecha, 16 iyul kuni manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. CNN suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH Maxfiy xizmati Tramp kampaniyasini tahdid kuchayganligi haqida Tramp Pensilvaniyadagi mitingda otishmada yaralangan 13 iyuldan oldin xabardor qilgan. “Shu bilan birga, Trampni otgan Tomas Metyu Kruksning Eron fitnasiga qand