calendar 12 Jul 13:35
eye 132
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Ukrainaga 225 mln dollarlik yordam paketi ajratdi. U nimani o‘z ichiga olgan?

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng 225 million dollar miqdoridagi qo‘shimcha yordam paketini e’lon qildi.

Paketga Patriot SAM batareyasi, Himars MLRS o‘q-dorilari va Stinger zenit raketalari kiradi.

AQSH Mudofaa vazirligi veb-saytidagi press-relizga ko‘ra, ushbu yordam paketi 2021 yil avgustidan beri 61-chi yordam paketidir.

U havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketa tizimlari va artilleriya uchun o‘q-dorilar, shuningdek, tankka qarshi qurollarni o‘z ichiga oladi:

  • bitta Patriot batareyasi;
  • NASAMS havo mudofaa tizimlari uchun o‘q-dorilar;
  • Stinger zenit raketalari;
  • Himars MLRS uchun o‘q-dorilar;
  • 155 va 105 mm kalibrli artilleriya snaryadlari;
  • optik kuzatuvli simli boshqariladigan (TOW) raketalar;
  • Javelin va AT-4 tankka qarshi tizimlari;
  • kichik qurollar uchun o‘q-dorilar;
  • texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa yordamchi uskunalar uchun ehtiyot qismlar.

2022 yil fevral oyida Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga jami 53,7 milliard dollar yordam ko‘rsatdi.

10 iyul kuni Jo Bayden NATO sammiti arafasida ittifoqchilarning Ukrainaga 2025 yil davomida 40 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatish majburiyatini e’lon qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
54
0
xs.uz

“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi

'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi

31 May 08:50
 
40
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash

01 Jun 03:48
 
129
0
xs.uz

Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2

08 Jun 02:27
 
40
0
xs.uz

NATO Ukrainadan koʻra oʻzining boʻlinishidan koʻproq xavotirda — ekspert

NATOning navbatdagi sammitida Ukrainaga unchalik eʼtibor berilmaydi, chunki alyans endi oʻz boʻlinishini yengib oʻtishdan koʻproq xavotirda. Bu fikrlarni Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti eksperti Sergey Ermakov aytib oʻtdi.NATO sammiti shu yilning 24-25-iyun kunlari Gaagada boʻlib oʻtadi. Avvalroq 'France-Presse' agentligi nomi oshkor etilmagan diplomatga tayanib, NATO ushbu sammitining yakuniy deklaratsiyasini qisqacha bayon qilishga va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirmaslik uc