calendar 15 Jul 12:02
eye 46
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil G‘azoning markaziy qismini bombardimon qildi. Qurbonlar bor (video)

image

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Falastinning Dayr al-Bala shahridagi uylardan biriga zarba berishi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anodolu” xabar berdi. 

Nashrning yozishicha, anklavdagi uylarning biri bombardimon qilinishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odam jarohatlangan.

G‘azo sektorining markaziy qismidagi “Nusayrat” qochqinlar lagerining shimoliy hududlari ham Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Biroq, ushbu hujumlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Bundan tashqari, Xon Yunusdagi Al-Mavosi hududiga bir necha havo hujumlari uyushtirilgan. Oqibatda halok bo‘lgan falastinliklar soni 70 dan ortiq ekani aytilmoqda. Isroil kuchlari ayni paytda ham hududga havo, dengiz va quruqlikdan zarba berishda davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning 7 oktyabridan beri G‘azoda 38 300 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi. Bundan tashqari, 88,2 mingdan ortiq odam tan jarohati olgan, buni mahalliy sog‘liqni saqlash organlari ma’lumotlari ham tasdiqlaydi. Isroilda qurbonlar soni esa 1200 ga yaqinlashgan. Isroilning sakkiz oydan ortiq davom etgan hujumlari oqibatida blokadadagi G‘azo sektorining keng hududlari vayronalarga aylangan. Isroil blokadasi tufayli mahalliy aholi oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlarning keskin tanqisligiga duch keldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektoridagi BMT maktabiga zarba bergandi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa sektorda HAMASga qarshi shiddatli janglar bosqichi yakunlanayotganini aytgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 12:32
 
57
0
xs.uz

Nikolas Maduro yana prezident bo‘ldi

Venesueladagi prezidentlik saylovlarida prezident Nikolas Maduro g'alaba qozondi. Milliy Saylov Kengashi rahbari, Maduroning yaqin ittifoqchisi Elvis Amorosoning ma'lum qilishicha, 80 foiz ovozlar hisoblab chiqilganda Maduro 51,20 foiz, uning asosiy raqibi esa 44,02 foiz ovoz olgani ma'lum bo'lgan.Venesuela muxolifati ovozlarni qalbakilashtirishga yo'l qo'yilganini ta'kidlab, natijalarga e'tiroz bildirmoqda. Ular Maduroning 11 yillik hokimiyatidan keyin uni chetlashtirish uchun Edmundo Gonsales

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Moskvada avtomobilni portlatishda gumonlangan shaxs Turkiyada qo‘lga olindi (video)

Turkiya huquq-tartibot idoralari Moskva shimolida avtomobilni portlatishda gumon qilingan Rossiya fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Vazirning aytishicha, hibsga olingan shaxsning ismi Yevgeniy Serebryakov, u Moskvadan ertalabki reysda Bodrumga kelgan. Erkak ilgari Interpol tomonidan qidiruvga berilgan shaxslarning xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilmagan. Interpolning Rossiya bo‘limi

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

“Oʻzga sayyoralik”lar sigaret qoldiqlarini tozalash bilan shugʻullanadi (+Video)

Genuyadagi Italiya texnologiya instituti tadqiqotchilari plyajlar va bogʻlarda sigaret qoldiqlarini tozalashga yordam beradigan innovatsion robotni ishlab chiqdi.'VERO' deb nomlangan robot yurish paytida sigareta qoldiqlarini vakuumli oyoqlari yordamida soʻrib oladi va atrof-muhit tozaligiga hissa qoʻshadi.Qayd etilishicha, 'VERO' 'Unitree' kompaniyasining 'AlienGo' platformasi asosida qurilgan va shu sababli ham ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu robotlarni 'oʻzga sayyoralik' deb ha

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Putin Asad bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 25 iyul kuni Kremlda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. “Sizni ko‘rganimdan juda xursandman. Biz uzoq vaqt davomida mintaqadagi bo‘layotgan muammolarni muhokama qila olmadik, endi muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Albatta, mintaqadagi vaziyat qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringiz meni juda qiziqtiradi. Afsuski, u yomonlashishga moyil, biz buni ko‘rib turibmiz. Bu to‘g‘rid