calendar 26 Jul 10:21
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Oʻzga sayyoralik”lar sigaret qoldiqlarini tozalash bilan shugʻullanadi (+Video)

image
Genuyadagi Italiya texnologiya instituti tadqiqotchilari plyajlar va bogʻlarda sigaret qoldiqlarini tozalashga yordam beradigan innovatsion robotni ishlab chiqdi.

'VERO' deb nomlangan robot yurish paytida sigareta qoldiqlarini vakuumli oyoqlari yordamida soʻrib oladi va atrof-muhit tozaligiga hissa qoʻshadi.

Qayd etilishicha, 'VERO' 'Unitree' kompaniyasining 'AlienGo' platformasi asosida qurilgan va shu sababli ham ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu robotlarni 'oʻzga sayyoralik' deb ham atashmoqda.

Ularning ishlash prinsip juda oddiy. Dastlab, robotga oʻrnatilgan maxsus sensor sigareta qoldiqlarini aniqlaydi, soʻngra oyoqlarga biriktirgan vakuumli shlanglar chiqindini soʻrib oladi. Ular sunʼiy idrok bilan jihozlangan boʻlib, mustaqil qaror qabul qila oladi.

Maʼlum qilinishicha, robot chiqindini aniqlash va uni yigʻishning eng yaxshi usulini rejalashtirish uchun ilgʻor texnologiyalardan, jumladan konvolyutsion neyron tarmogʻidan foydalanadi. Vizual yordam koʻrsatish tizimi, koʻrish datchigining fikr-mulohazasidan foydalangan 'oʻzga sayyoralik'ning tozalash usuli anʼanaviy qoʻl mehnatiga nisbatan sezilarli darajada yaxshi ekanligi ham aniqlangan.

'VERO' amaliy sinovlarda ajoyib natijalar koʻrsata oldi. Robot turli muhitlarda sigaret qoldiqlarining qariyb 90 foizini muvaffaqiyatli yigʻdi. Bu samaradorlik inson mehnatidan qariyb 30 foizga koʻp deganidir.

'Robot charchamaydi va bunday zerikarli ishda mutlaq sabr-toqat bilan uzluksiz ishlashi mumkin', deydi ixtirochilar.

Tadqiqotchilar ushbu 'oʻzga sayyoralik'ni koʻp qirrali robotga aylantirish ustida ish olib bormoqdalar. Olimlar kelajakda bunday texnologik yutuqlarni qishloq xoʻjaligida begona oʻtlarni tozalash, savdo doʻkonlarida muddati oʻtgan mahsulotlarni aniqlashda ham foydalanishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, sunʼiy intellekt yuzingizga qarab kasalliklaringizni aytib berishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 20:11
 
134
0
xs.uz

Trampning saylov poygasi va Yevropaning “Tolibon” tomon qadami (+video)

Jurnalist Gʻarb yetakchilari uchun dahshatli xabar haqida maʼlum qildiVengriya bosh vaziri Viktor Orbanning agar Donald Tramp AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonsa, darhol Ukraina mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori boʻlishi mumkinligi haqidagi bayonoti Gʻarb yetakchilari uchun yomon yangilik hisoblanadi. Bu fikrlarni irlandiyalik jurnalist Chey Bouz aytib oʻtdi.'Ukrainadagi falokatdan ichki muvaffaqiyatsizliklarini chalgʻitish uchun foydalanayotgan Yevropa Ittifoqi va

15 Jul 20:18
 
121
0
xs.uz

Otilgan Tramp, ayblanuvchi Imron va Orban siyosati (+video)

Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Trampga suiqasd uyushtirilishida Maxfiy xizmatni aybladiMaxfiy xizmat respublikachi nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirish uchun javobgardir, chunki ular xavfsizlikni nazorat qilish boʻyicha tegishli ishlarni bajara olmagan. Bu fikrlarni Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Larri Jonson aytib oʻtdi.Unga koʻra, xizmat nafaqat tadbir oʻtkaziladigan joyni, balki butun perimetrni toʻliq tekshirishi kerak edi.'Bunday vaziyatla

15 Jul 12:02
 
38
0
qalampir.uz

Nigeriyada maktab binosi qulashi oqibatida 22 bola halok bo‘ldi

Kecha, 12 iyul kuni Nigeriyada Busa Buji jamoasiga tegishli, Saint akademiyasi qaramog‘idagi ikki qavatli maktab binosi qulashi oqibatida 22 bola halok bo‘ldi. Vayronalar ostida esa bino ichida bo‘lgan jami 154 kishi qolib ketgan. Bu haqda “The Hindu” xabar berdi. Halokat Plato shtatida ro‘y bergan. Eski va yaroqsiz holatga kelib qolgan maktab binosi devorlari darz ketib yorilishi oqibatida qulab tushgan. Baxtsiz hodisaning yuz berishiga inshootning juda uzoq muddat xizmat

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan u