calendar 15 Jul 12:02
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Germaniya Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda

image

Germaniya hukumati o‘z harbiylarini 2029 yilgacha Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri urushga tayyorlamoqchi. Bu haqda kecha, 12 iyul kuni “Bild” nashri xabar berdi.

Germaniya Mudofaa vaziri Karsten Breyerning bayonotiga tayangan holda gazeta bergan hisobotda aytilishicha, rasmiy Berlin 2029 yilga borib Rossiyaning NATOga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujumi uchun qulay sharoitlar yaratilishidan xavotirda.

“Siz taqvimingizda 2029 yilni belgilab qo‘ying. O‘sha vaqtgacha hali ko‘p ish qilish kerak va biz tayyor bo‘lishimiz kerak”, degan Breyer harbiy akademiyada kursantlar bilan uchrashuvda.

Mudofaa vaziri, shuningdek, 5-8 yil ichida Rossiyada 1,5 millionga yaqin askar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Bu esa ayni paytda Ukrainada jang qilayotgan qo‘shinlar sonidan qariyb ikki barobar ko‘p.

Nashrning ta’kidlashicha, ayni paytda Bundesverda 181,5 ming askar bor. Mamlakatda harbiylar soni ancha kam. Shu boisdan ham Germaniya hukumati majburiy harbiy xizmatni tiklash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, jurnalistlar ikki davlatning harbiy-texnika zaxiralarini tahlil qildi. Hisobotga ko‘ra, Germaniya 300 dan kam asosiy jangovar tanklarga ega, Rossiya esa hozirda yiliga 1500 ga yaqin tanklarni ishlab chiqarmoqda yoki ta’mirlamoqda. Hisobotda, shuningdek, Germaniya armiyasining cheklangan o‘q-dorilar zaxirasi borligi va ular atigi ikki kunga yetarli ekanligi keltirilgan.

“Hukumat allaqachon Germaniyaning operatsion rejasini ishlab chiqdi. Bu hujjat Germaniya harbiy sohasini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroga tayyorgarlik ko‘rish uchun istiqbolli tuzilmasini belgilaydi”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Ukrainaga o‘zi bergan qurollardan Rossiyaga zarba berishda foydalanishga ruxsat bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-