calendar 15 Jul 12:02
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroilning G‘azoga qilgan hujumida HAMASning yana bir qo‘mondoni halok bo‘ldi (video)

image

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Xon Yunusdagi Al-Mavosi hududiga qilgan hujumlari oqibatida HAMAS bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni Rafa Salama halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 
 

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 71 kishi halok bo‘lgan, 280 dan ortiq kishi jarohatlangan. G‘azo janubidagi Xon Yunus shahri yaqinidagi hujumdan maqsad HAMASning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyfni nishonga olish bo‘lgani aytilmoqda. Uning omon qolgani hali noma’lum.

“Deyf o‘ldirilganmi yoki yo‘qmi noma’lum. Biz hali ham zarba oqibatlarini tekshiryapmiz va u bo‘yicha ma’lumotlarni tasdiqlaymiz”, degan harbiy amaldordan biri.

Ma’lumot uchun, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning zarbalari oqibatida 38 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. O‘tgan haftada Isroil Mudofaa vazirligi G‘azo sektori va Misr chegarasidan qo‘shinlarni olib chiqishga ruxsat berdi. “The Washington Post” nashrining yozishicha, mojaro tomonlari sulhning birinchi bosqichidagi asosiy masalalar bo‘yicha kelisha olgan. Tomonlar uni amalga oshirish tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Biroq boshqa amerikalik rasmiylarning nashrga tushuntirishicha, bu kelishuv imzolanadi, degani emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalropq HAMAS qo‘mondoni Muhammad Jobir Abdo va uch nafar askar Ramalloh yaqinidagi qishloqda Isroil kuchlari bilan to‘qnashuv chog‘ida halok bo‘lgani xabar qilingandi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa mamlakat armiyasi HAMASning G‘azo sektoridagi harbiy tuzilmasini yo‘q qilish ishlarini yakunlash arafasida ekanini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Putin Asad bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 25 iyul kuni Kremlda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. “Sizni ko‘rganimdan juda xursandman. Biz uzoq vaqt davomida mintaqadagi bo‘layotgan muammolarni muhokama qila olmadik, endi muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Albatta, mintaqadagi vaziyat qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringiz meni juda qiziqtiradi. Afsuski, u yomonlashishga moyil, biz buni ko‘rib turibmiz. Bu to‘g‘rid

26 Jul 10:21
 
29
0
xs.uz

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?

Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi glob

21 Jul 17:50
 
85
0
xs.uz

Janubiy Koreyaning birinchi xonimi hashamatli sumka tufayli 12 soat soʻroq qilindi

Seul markaziy okrugi prokuraturasi Janubiy Koreyaning birinchi xonimi Kim Gon Xini ruhoniydan 'Christian Dior' sumkasi va boshqa qimmatbaho sovgʻalarni olgani haqidagi ayblovlar yuzasidan soʻroq qildi. Bu haqda 'Yonhap' axborot agentligi xabar bermoqda.'Prokurorlar Kim Gon Xini ruhoniydan qimmatbaho sovgʻalar, jumladan, 'Christian Dior' sumkasini olish bilan bogʻliq mojaro, shuningdek, uning aksiyalar bilan bogʻliq firibgarlik ishiga aloqadorligi boʻyicha soʻroq qilishdi', deyiladi agentl

22 Jul 11:01
 
62
0
qalampir.uz

Bangladesh qonli namoyishlarga sabab bo‘lgan qarorini bekor qildi

Bangladesh Oliy sudi kecha, 21 iyul kuni mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan hukumat lavozimlari uchun ko‘pchilik kvotani bekor qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Bu bilan Olis sud iyun oyida hukumat lavozimlarining 56 foizi asosan 1971 yil Pokistondagi mustaqillik urushi faxriylarining qarindoshlariga kvota orqali ajratilishi to‘g‘risidagi quyi sud qarorini rad etdi. Endi davlat lavozimlarining 93 foizi nomzodlar uchun ochiq bo‘ladi. 1972 yildan beri