calendar 12 Jul 22:39
eye 196
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yaponiya NATO bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi

image

Yaponiya NATO bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishga intilmoqda. Bu haqda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Vashingtonda alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Yaponiya dengiz mudofaasi kuchlari Yevroatlantika mintaqasida NATO qo‘shinlari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Kisida Yaponiya va NATO "maxfiy razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha" hamkorlikni faollashtirayotganini ta’kidladi.

"Yevro-Atlantika va Hind-Tinch okeani mintaqalarining xavfsizlik muhitini endi bir-biridan ajratib bo‘lmaydi", dedi Kisida.

Qayd etilishicha,  Yaponiya dezinformatsiyaga qarshi kurashda NATO bilan hamkorlikni kengaytirishni ham rejalashtirmoqda. Kisida, shuningdek, Yaponiya 2025 yil mart oyi oxirigacha NATO a’zolari bilan xalqaro konferensiya o‘tkazishini aytdi.

“Yaponiya kiberhujumlarga qarshi kurashda o‘z imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida NATO boshchiligidagi mashg‘ulotlarda ishtirok etad ”,  deya qo‘shimcha qildi Kisida.

Ma’lumot uchun, 9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan NATO sammitiga alyansga a’zo bo‘lmagan Yaponiya, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Avstraliya yetakchilari taklif qilingan edi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
3
0
xs.uz

Germaniya vakili vashingtonliklar bilan nimalarni gaplashdi?

Vazir Vashingtonga amaliy tashrif bilan borib, AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvning asosiy mavzusi prezident Donald Tramp 9-iyuldan boshlab joriy etishni rejalashtirayotgan Yevropa tovarlariga 50 foizlik bojlar haqida boʻldi. Vadeful bu choralardan voz kechishni talab qilgan.'Biz yangi tarif toʻsiqlarini xohlamaymiz, barqaror hamkorlik va ishonch koʻpriklarini qurishga intilamiz. Bu Atlantika okeanining har ikki tomonida farovonlikni saqlash va iqtisodiy

01 Jun 03:48
 
21
0
xs.uz

Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2

17 May 21:47
 
285
0
xs.uz

Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor

31 May 08:50
 
18
0
xs.uz

Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda

Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash