AQSHning Germaniyadagi raketalari Sovuq urush yangilanganidan darak beradi — Rossiya

Germaniya kansleri Olaf Shols esa bu rejani olqishlab, bu 'oʻziga xos cheklov va tinchlikni saqlash' maqsadida amalga oshirilayotgani qayd etdi.
Chorshanba kuni Oq uy Vashingtondagi NATO sammiti chogʻida bu qarorni eʼlon qilib, Yevropada uzoq masofaga uchuvchi qurollar, jumladan, 'Tomahawk' qanotli raketalarini joylashtirish toʻxtatuvchi omil boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov payshanba kuni Rossiya davlat televideniyesi muxbiri bilan suhbatda bu harakatga izoh berib, 'Biz sovuq urush sari ishonchli qadamlar tashlamoqdamiz', dedi.
Vashingtonning bu harakati Germaniyada, hatto Shols sotsial-demokratlari aʼzolari orasida ham tanqidga sabab boʻldi.
Vashingtondagi NATO sammitida jurnalistlarga bu qarorni himoya qilgan Shols, bu 'toʻxtatuvchilik va tinchlikka oʻxshash narsa va bu toʻgʻri vaqtda qabul qilingan zarur va muhim qaror', dedi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari chorshanba kuni Germaniyaga uzoq masofali raketalarni vaqti-vaqti bilan joylashtirish 2026-yilda boshlanishini maʼlum qildi.
Oq uyga koʻra, oxir-oqibat ularni Germaniyada doimiy ravishda joylashtirishga intilishini va raketalar Yevropadagi hozirgi AQSH tizimlariga qaraganda aniqroq masofaga ega boʻladi.
'Ushbu ilgʻor imkoniyatlarni amalga oshirish Amerika Qoʻshma Shtatlarining NATOga sodiqligini va Yevropaning integratsiyalashgan toʻxtatib turishga qoʻshgan hissasini namoyish etadi', deyiladi AQSHning Germaniya hukumati bilan qoʻshma bayonotida.
Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev Germaniya hukumatini agar bu joylashtirish davom etsa, Moskva va Berlin oʻrtasidagi munosabatlar yanada yomonlashishidan ogohlantirdi.
'Biz nemis siyosiy elitasi Germaniyaning ham, butun Yevropa qitʼasining xavfsizligiga ham hissa qoʻshmaydigan bunday buzgʻunchi va xavfli qadamning maqsadga muvofiqligi haqida yana oʻylab koʻrishiga umid qilishimiz mumkin', deydi diplomat.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Germaniya ' Rossiya munosabatlariga tuzatib boʻlmaydigan zarar haqida gapirmasa ham boʻladi.
Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius 'Deutschlandfunk' teleradiokompaniyasiga maʼlum qilishicha, joylashtirish qarori mamlakat imkoniyatlaridagi 'juda jiddiy boʻshliq'ni bartaraf etadi.
Nemis armiyasida uzoq masofaga uchadigan quruqlikdagi raketalar mavjud emas, faqat samolyotlardan uchiriladigan qanotli raketalar mavjud.
AQSHning bu bayonoti Germaniyada norozilikka sabab boʻldi. Mamlakatda AQSH raketalarining joylashtirilishi Sovuq urushning ogʻriqli xotiralarini esga solmoqda.
Shols sotsial-demokratlar partiyasidan parlament aʼzosi Ralf Shtegnerning 'Funke' media guruhiga aytishicha, raketalar joylashtirish qarori yangi 'qurollanish poygasi' boshlanishidan darak berishi mumkin.
'Bu dunyoni xavfsizroq qilmaydi. Buning oʻrniga, biz dunyo tobora xavfli boʻlib borayotgan spiralga kiryapmiz', deya ogohlantirdi Shtegner.
Germaniyadagi taniqli oʻta soʻl arbob Sara Vagenknecht haftalik 'Spiegel' jurnaliga aytishicha, AQSHning raketalarni joylashtirishi 'Germaniyaning oʻzi urush teatriga aylanishi xavfini oshiradi'.
1980-yillarda Sovuq urush avjida Gʻarbiy Germaniyada AQSHning 'Pershing II' ballistik raketalarining joylashtirilishi ommaviy namoyishlarga sabab boʻlgandi. Unda yuz minglab odamlar norozilik namoyishiga chiqqan edi.
AQSH raketalari Germaniyaning birlashishi davri, 1990-yillarda joylashtirilgan edi.
Ammo Sovuq urush tugaganidan soʻng, Moskvadan kelayotgan tahdid kamaygani sababli Amerika Qoʻshma Shtatlari Yevropada joylashtirilgan raketalar sonini sezilarli darajada kamaytirgandi.
Qayd etish joizki, Amerika Qoʻshma Shtatlari boshchiligidagi NATO davlatlari Rossiyaning 2022-yilda qoʻshni Ukrainaga bostirib kirishi ortidan qitʼada oʻz mudofaasini kuchaytirishga shoshilmoqda.
AQSHda Trampning Isroil — Eron mojarosiga aralashishini taqiqlovchi rezolyutsiya tayyorlandi
AQSH Kongressiga Donald Trampni Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaroga aralashishdan ogohlantiruvchi ikki partiyaviy rezolyutsiya taqdim etilgan. Bu haqda 'Sky News' telekanali xabar berdi.Hujjat respublikachi Tomas Massi va demokrat Aleksandriya Okasio-Kortez tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchisiga koʻra, Konstitutsiya Amerika Qoʻshma Shtatlari ijroiya hokimiyatiga bir tomonlama 'urush harakatlari'ni amalga oshirishga ruxsat bermaydi.'Kongress Eronga urush eʼlon qilishning eksklyuziv huquqiga
NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini keskin darajada oshirishga kirishdi
NATO davlatlari AQSH prezidenti Donald Trampning yalpi ichki mahsulotning 5 foizini sarflash talabini yumshata oladigan tarzda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirish boʻyicha kelishuvni ishlab chiqishga kirishdi. Bu haqda 'Bloomberg' manbalarga tayanib xabar bermoqda.'Harbiy alyansdagi muzokarachilar NATOning iyun oyida Gaagada boʻlib oʻtadigan sammiti oldidan 2032-yilgacha mudofaa va mudofaa bilan bogʻliq xarajatlar uchun yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga erishish yoʻlida muvaf
Serbiyada tartibsizliklar: namoyishchilar nimadan norozi?
Serbiyada hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari nazoratdan chiqib ketmoqda.Oʻtgan dam olish kunlari Belgradda fuqarolar urushi kayfiyatini beruvchi muhit hukm surdi. Shanba kuni kechqurun prezident Aleksandr Vuchich hukumatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketdi. Toʻqnashuvlar davomida koʻplab politsiyachilar yaralangan. Jabrlangan namoyishchilarning aniq soni haqida xabar berilmagan, bir necha oʻnlab namoyishchilar hibsga olingan.Avvaliga 140 ming
Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor