calendar 12 Jul 12:02
eye 98
comments 0
comments Manba: xs.uz

Pokiston afgʻon muhojirlarini chiqarib yuborish rejasini eʼlon qildi

image
Pokiston mamlakatda noqonuniy yashayotgan koʻp sonli afgʻon muhojirlarini chiqarib yuborish rejasini eʼlon qildi. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.

Gʻarb davlatlariga koʻchirilishi maʼqullangan oʻn minglab afgʻonlar hozirda Pokistonda qolmoqda. Islomobod bu muhojirlarni 'Noqonuniy xorijliklarni repatriatsiya qilish rejasi'ning ikkinchi bosqichi doirasida deportatsiya qilishni maqsad qilgan.

Pokiston tashqi ishlar idorasi matbuot kotibi Mumtoz Zahra Balochning aytishicha, reja cheklangan muddat hujjatlariga ega afgʻonistonliklarga qaratilgan. Qayd etish kerakki, oʻtgan yildan beri 600 mingga yaqin afgʻon Pokistondan Afgʻonistonga deportatsiya qilingan.

Vaziyat 2021-yilda Tolibon Afgʻonistonni egallab olgach, yana 600 mingga yaqin afgʻonning Pokistonga qochib oʻtishiga sabab boʻlganidan keyin yomonlashdi. Islomobod xavfsizlik masalalari va Kobul bilan munosabatlarning yomonlashuvi tufayli deportatsiyalarni oshirayotgani taxmin qilinmoqda. Gʻarb davlatlariga koʻchib oʻtishi tasdiqlangan 44 mingga yaqin afgʻon ham hamon Pokistonda yashayapti.

Ushbu muhojirlarning aksariyati Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchirilishi mumkin. Bu son taxminan 25 ming kishini tashkil qiladi. Qolgan 19 mingdan ziyod afgʻon esa Avstraliya, Kanada, Germaniya va Britaniyaga koʻchiriladi. Pokiston bu davlatlarni bu shaxslarni imkon qadar tezroq koʻchirish uchun viza jarayonini tezlashtirishga chaqirgan.

Avvalroq Germaniya malakali xorijlik ishchilar uchun soliq imtiyozlari berishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish n

14 Aug 06:38
 
14
0
xs.uz

“Hizbulloh”ning zarbasi, Yaqin Sharqdagi shaylik va Zaporojyeda yongʻin (video)

AQSH Yaqin Sharqqa suvosti kemalarini joʻnatmoqdaAQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa atom suvosti kemasini joʻnatib, tezroq yetib borishga buyruq berdi. Shuningdek, u 'Abraham Lincoln' samolyotlar tashuvchi kemasini yoʻnaltirishni tezlashtirishga chaqirgan. Samolyot bortida F-35 va F/A-18 qiruvchi samolyotlari borligi maʼlum. Bu harakat HAMAS va 'Hizbulloh' yetakchilarining oʻldirilishidan soʻng Eronning javobidan xavotirlar fonida amalga oshirildi.Avvalroq Pentagon Isroilni himo

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

Britaniya falastinliklarga yordam berishni qayta tikladi (video)

Buyuk Britaniyaning yangi Leyboristlar hukumati BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni 6 oylik to‘xtashdan so‘ng yana davom ettiradi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma’lum qildi. “Swis info” nashri buni Leyboristlar oy boshida hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Isroil-Falastin mojarosiga qanday yondashish bo‘yicha  hukumatning qilgan birinchi katta o‘zgarishi sifatida qayt etgan. 2023 yilning 7 ok