calendar 12 Jul 11:41
eye 56
comments 0
comments Manba: xs.uz

1 milliard soʻmlik tabiiy gaz va elektr energiyasining pulini toʻlamay ishlatganlar aniqlandi

image
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshkoʻpir, Uchkoʻprik, Buloqboshi, Shofirkon va Romitan tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda bir qator shaxslar tadbirkorlik subyektlarini noqonuniy tarzda tabiiy gaz va elektr energiyasi tarmoqlariga ulab, umumiy qiymati 1 milliarddan ortiq davlat va jamiyat manfaatlariga zarar keltirgani aniqlandi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshkoʻpir tumanida joylashgan 'B.S.' fermer xoʻjaligi rahbari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, tijorat maqsadida 'MTZ-80' motorli suv nasosi uskunasini tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 417 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Uchkoʻprik tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvda esa 'Sh.O.' MCHJ rahbari O.Yu. MCHJ ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga yashirincha ulab, 286,2 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy oʻzlashtirgani maʼlum boʻlgan.Yana bir holat Andijon viloyati Buloqboshi tumanida aniqlandi. Qayd etilishicha, 'N.F-M.' MCHJ energetigi A.Z. va boshqalar MCHJning ishlab chiqarish uskunalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 230 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh qilingan.

Bundan tashqari, Shofirkon va Romitan tumanlarida joylashgan 'I.F.' fermer xoʻjaligi hamda 'Ch.K.' MCHJ masʼul shaxslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 122,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

'Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', deyiladi xabarda.

Avvalroq Andijondagi noqonuniy mayning-ferma davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 million soʻm zarar yetkazgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:43
 
25
0
xs.uz

“Valyutchik”lar qoʻlga tushdi. Ulardan qancha miqdordagi chet el valyutasi ashyoviy dalil sifatida olindi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxsni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi va Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 ming 150 AQSH dollar

26 Jul 10:20
 
45
0
qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi.  Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “M

11 Aug 03:43
 
43
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 11-avgust kuni havo harorati qanday boʻlishi maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 11-avgust, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 34-36 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, moma

26 Jul 10:21
 
30
0
xs.uz

Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda

Joriy yil 23-iyul kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtiri