' 70 sotix tutzorda mehnat qilaman, ' deydi Abdullajon Qobilov. ' Maydonning bir chetiga bino qurgandim, tegishli idora vakillari bu noqonuniy ekanini aytishdi. Hozirda binoni buzib, tutzor barpo etishga kirishdim.
Ulugʻnor tumanida istiqomat qiluvchi Baxtiyorjon Jakbarov oʻzi istiqomat qilayotgan 'Oq oltin' massividagi hovlisining chegara hududini besh metrga kengaytirish orqali qishloq xoʻjaligida foydalanilayotgan yer maydonini oʻzlashtirib olgan. Bu qonunbuzarligi tushuntirilib, poydevor buzib tashlandi.
' Joriy yilda tumanimizda yer maydoni bilan bogʻliq 189 ta holatda 73 gektar maydon oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi, ' deydi kadastr agentligi Ulugʻnor tumani boʻlimi boshligʻi Diyorbek Isoqov. ' Shundan, 44 gektari fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. 29 gektari yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud qaror chiqarildi.
Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanishdan iborat. Undan amaldagi tartiblarga rioya etgan holda foydalanish fuqarolik burchimiz.
Qashqadaryodagi YTHda Labo haydovchisi halok bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Labo va Nexia-3 mashinalari o‘zaro to‘qnashishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 10 iyul kuni sodir bo‘lgan. Labo haydovchisi yon ko‘chadan chiqqan Lacetti’ga urilishdan qochib, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqdan oshib o‘tib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashi
Dollar kursi yana ko‘tarildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga oshdi va 12 634,00 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 23,61 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,42 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 2,51 so‘mga oshib, 148,62 so‘mni tashkil etdi.
Toshkentda “ahvoli yomonlashgan” abituriyentga tez yordam xodimi telefon berib chiqdi
Toshkent shahrida test topshirayotgan abituriyentga tez yordam xodimi telefon kiritib berdi. Bu haqda 'Kun.uz' xabar qildi.Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 17-iyul kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan 'Yoshlik' sport majmuasida oʻtayotgan test vaqtida abituriyentlardan birining ahvoli yomonlashgan. Unga yordam koʻrsatish uchun tez yordam xodimlari yetib kelgan va tibbiy yordam koʻrsatilgan.Ahvoli yaxshilangach, abituriyent test jarayoniga qaytgan. Oradan biroz vaqt oʻtib,
“Qamchiq”da Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Bugun, 27 iyul kuni “Vodiy-Toshkent” yo‘lida Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea soat 05:00 larda “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 247-kilometrida yuz bergan. 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi A.K. CAMC rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizlik sabab o‘zi bilan bir yo‘nalis