Parijdagi Olimpiada oʻyinlari vaqtida uchar taksilar xizmat koʻrsatishi mumkin

Maʼlum qilinishicha, Parij meriyasi loyihaga qarshi boʻlib, uchar taksilarning koʻp energiya talab qilishini va xavfli ekanligini iddao qilmoqda. Shu bois hozircha Olimpiada oʻyinlari vaqtida ulardan foydalanish masalasiga aniqlik kiritilmagan.
Ikki oʻrindiqli 'VoloCity' taksilarini ishlab chiqqan Yevropa startapi 'Volocopter GmbH' hali tijorat parvozlarini tartibga soluvchi sertifikatni olmagan. Shunga qaramay, kompaniya Olimpiada vaqtida koʻrgazmali parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Oʻz navbatida, prezident Emmanuel Makron bu yangilikni Fransiya texnologik innovatsiyalarining ramzi sifatida namoyish qilishni qoʻllab-quvvatlagan.
Parijning haqiqiy maʼnodagi uchar taksilari shu yilning 31-dekabrdan ertalab soat 8:00dan kechki 5:00gacha ishlaydi. Rasmiy qarorga koʻra, sinov muddati davomida soatiga atigi ikkita reys va jami 900 ta reysga ruxsat beriladi. Hukumat ushbu cheklovlarni belgilashda shahar rasmiylari va 'Yashillar' partiyasi bilan kelishuvga tayyorligini bildirgan.
Parij meriyasi hukumat ruxsatiga qarshi qonuniy choralar koʻrishni rejalashtirmoqda. Maʼmuriyatga koʻra, ushbu taksilar shovqinning oshishiga, havoni qoʻshimcha ifloslanishiga va yuqori energiya isteʼmoliga olib keladi. Ekofaol Den Lertning fikricha, loyiha faqat boylarga foyda keltiradi.
'Volocopter' vakilining taʼkidlashicha, ularning taksilari mavjud transport tizimlarini toʻldirish uchun moʻljallangan va kompaniya muammolarni hal qilishga tayyor. Kompaniya sertifikatlashtirish jarayonini davom ettirish uchun moliyalashtirishni taʼminlagan. Ammo investorlar yoki moliyalashtirish tafsilotlarini oshkor qilmagan.
Avvalroq, koʻzga koʻrinmas niqobli qalpoqlar kashf qilingani haqida xabar berilgandi.
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti
Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi
Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi