calendar 12 Jul 10:17
eye 156
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

200 kVt mashmashasi. “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbariyati savollarga javob berdi

image

“200 kvtlik ijtimoiy norma kamlik qilyapti”, “Yoz fasli bo‘lishiga qaramasdan uyimizda tez-tez “svet” o‘chyapti”, “Elektrhisoblagichlar ortiqcha pul yozdi” … bu e’tirozlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga qaratilgan. Bir necha oydirki aholi energetika narxlari oshirilishi va sifatsiz tizimdan noroziligini bildirmoqda. Xo‘sh, 200 kVtlik ijtimoiy norma 1 oyga yetishiga mas’ullarning o‘zi ishonadimi? Bu kabi savollarga HET ommaviy axborot vakillari oldida javob berdi.

“Bizda qabul qilingan bu 200 kVt o‘zidan o‘zi qabul qilinmagan. Birinchidan, hamma mutasaddilar ko‘rgan, ikkinchidan, ishlab chiqarilgan elektr energiyadan kelib chiqib tariflarni tatbiq etdik. Yo‘q narsani amalga oshirmaymiz-ku. Bir narsaga e’tibor beringlar Jahon Banki, Osiyo Taraqqiyot banki juda ko‘p bukletlar chiqaradi – O‘zbekiston elektr sohasiga shuncha ishlatdi yillik, deb. Bular hammasi kredit. Toshkent shahrida anomal sovuqdan keyin nechta podstansiya bo‘lsa, hammasi kuchaytirildi, quvvat 1 barobardan ziyod oshirildi. Lekin bugun yana talab borligini bildiryapti. Chunki Toshkent shahri bo‘yiga ham eniga ham kattalashyapti”, deydi G‘aybullayev. 

Shuningdek, HET rahbariyati elektrhisoblagichlar elektr energiyasini ortiqcha qo‘shib yozgani bo‘yicha savolga javob berib, ortiqcha hisoblangan pullar iste’molchilarga qaytarilishini ma’lum qildi. 

“Agar haqiqatdan qo‘shimcha hisoblangan bo‘lsa, puli qaytarib beriladi, hech kimning haqqi qolib ketmaydi. Lekin shuni hisobga olish kerakki, respublikada 8 milliondan ziyod hisoblagich o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning ichidan qaysidiri nosoz chiqishi mumkin. Bu texnika. Shuning uchun agar nosoz ishlagan bo‘lsa, bu billing tizimidan aniqlanadi”, deydi HET boshqaruv raisi o‘rinbosari.

Mas’ullar, shuningdek, nima sababdan yoz mavsumi bo‘lishiga qaramay poytaxtda tez-tez “svet” o‘chayotganining sababini tushuntirib, yangi qurilayotgan uylar eski tarmoqqa ulanishi oqibatida tarmoqqa qo‘shimcha bosim yuklanayotganini sabab qilib keltirdi.  

“Bir narsani tan olish kerak, poytaxtda oxirgi 5 yilda qilinayotgan bunyodkorlik ishlari juda ham “kolossalniy”.  Ko‘chada ko‘rayotgan bo‘lsangiz qurilish ketayotgan joylarda tarmoq yo‘q. Poytaxtning muammolaridan bittasi biz faqat kabel bilan yer ostiga yotqizamiz. Shuning uchun juda ko‘p joyda kovlangan, boshqa… katta kuchlanishdagi elektr toki olib o‘tilyapti”, deydi G‘aybullayev.

Ommaviy axborot vositalarining savollariga HET bergan javob bilan batafsil QALAMPIR.UZ'ning Youtube sahifasida tanishing.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:34
 
23
0
xs.uz

Toshkentda “Nexia-3” va “Damas” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahar Sergeli tumanida 'Nexia-3' toʻxtab turgan 'Damas'ga urilib, uni agʻdarib yubordi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat 17:10 larda Sergeli tumani THAY koʻchasida sodir boʻlgan. 2001-yilda tugʻilgan T.X. 'Nexia-3' avtomashinasini boshqarib kelayotib yoʻl chetida harakatsiz turgan 1987-yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvida boʻlgan 'Damas' bilan toʻqnashganYTH oqibatida har ikki mashinaning haydovchisi tan jarohat olib,

20 Sep 00:21
 
18
0
xs.uz

Jizzaxda “Lacetti” yoʻl chetidagi toʻsiqqa urilib, pastlikka tushib ketdi

Jizzax viloyatida 'Lacetti' avtomashinasi yoʻl chetidagi beton toʻsiqqa urilib, pastga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi YHXB xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa 24-iyun kuni soat 13:00 larda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani hududidan oʻtgan M-39 'Toshkent-Termiz' avtomobil yoʻlining 982 km da sodir boʻlgan.Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyatida yashovchi 30 yoshli haydovchi 'Lacetti' avtomashinasini boshqarib ketayotganda rul boshqaruvini yoʻqotgani tu

09 Oct 12:39
 
13
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvada oʻtayotgan MDH sammitida ishtirok etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Moskva shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.

20 Sep 00:22
 
25
0
xs.uz

Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan 'Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida'gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Unga koʻra, subsidiya 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-noyabrgacha muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat boʻlgan modulli mehmonxona uchun uning toifasidan qatʼi nazar ajratiladi. Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 mln soʻmdan belgilanadi. Tadbirkor subsidiya olish