calendar 11 Jul 19:52
eye 131
comments 0
comments Manba: xs.uz

Zelenskiyning “iltimosi”, oʻzbekistonlik “Vagner”chiga jazo va Turkiya Qora dengizi (+video)

image
Turkiya Qora dengizning strategik urush maydoniga aylanishiga yoʻl qoʻymaydi

Turkiya Qora dengizning harbiy amaliyotlar maydoniga aylanishiga ruxsat bermaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Yashar Gyuler 'Politico' gazetasiga bergan intervyusida vaʼda berdi.

'Biz Qora dengizning strategik urush maydoniga aylanishiga yoʻl qoʻymaymiz', dedi siyosatchi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Turkiya hozirda Rossiya va Ukrainani yuqori darajadagi muzokaralarda birlashtirishga muvaffaq boʻlgan yagona davlatdir.

Gyuler, shuningdek, Turkiya Ukrainadagi mojaroda muvozanatli pozitsiyani egallagan holda Kiyev va NATO bilan hamkorlik qilib, Rossiya bilan muloqotni davom ettirayotganini qayd etdi. U Anqaraning koʻp vektorli siyosati tufayli NATO davlatlari bilan munosabatlari yomonlashganini keskin rad etdi.

'Vagner'da jang qilgan oʻzbekistonlikka sud hukmi oʻqildi

Rossiyaga ishlash maqsadida ketib, u yerda 'Vagner' xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari safida jang qilgan oʻzbekistonlik erkakka nisbatan sud hukmi oʻqildi.

26 yoshli fuqaro 2019-yilda ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga borgan. U Moskva shahrida ishlashi davomida, giyohvandlik vositalari oldi-sotdisi bilan shugʻullanib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Oʻzbekiston fuqarosi jinoyat ishlari boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Kalujskaya viloyati Obninsk shahar sudining 2021-yil 30-sentyabrdagi qarori bilan RF Jinoyat kodeksining tegishli moddasi boʻyicha aybli deb topilib, 7-yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Sudlanuvchi jazoni oʻtash davrida Rossiya harbiylarining taklifi bilan 'Vagner' xususiy shirkatida 2022-yil 22-oktyabrdan 2023-yil 22-aprelga qadar, 6 oy xizmat qilgan. Aniqlanishicha, u ushbu xizmati evaziga muqaddam sud hukmiga koʻra, tayinlangan jazoning oʻtalmay qolgan qismidan ozod qilingan va 950 000 Rossiya rubli miqdorida pul mukofoti hamda 'Za otvagu' nomli koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Joriy yilning 30-may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Ohangaron shahar sudida mazkur ish koʻrib chiqilgan va u Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasining (Yollanish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2-yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Zelenskiy Bayden Rossiyaga zarba berish uchun barcha taqiqlarni olib tashlashni soʻradi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH rahbari Jo Baydenni Rossiya hududiga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni bekor qilishga chaqirdi.

U Baydendan Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga Gʻarb qurollari bilan hujum qilish uchun barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qilgan. Rossiya hududiga 'chuqur zarbalar'siz Kiyev hech narsa qila olmaydi.

Yaqinda bir qancha Gʻarb davlatlari Kiyevga oʻz qurollari bilan u yoki bu shaklda Rossiya hududiga zarbalar berishga ruxsat berdi. Xususan, bu haqda yaqin vaqtgacha Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimida ishlagan Rishi Sunak va uning hukumatida Mudofaa vaziri Grant Shapps aytib oʻtgandi. Mamlakatning yangi Bosh vaziri Kir Starmer ham Britaniya qurollaridan qay tartibda ishlatish Kiyevning ishi ekanligini aytgan.

Vashingtondagi sammitda Ukraina AQSH va ittifoqchilaridan bir qancha vaʼdalar oldi. Jumladan, bular ichiga havo hujumiga qarshi qurollar bilan taʼminlanish kiradi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergga koʻra, Ukraina hozircha alyansga kirish haqida oʻylamasligi kerak va Kiyevning Rossiya hujumidan himoyalanish yoʻlida yordam beriladi. Yevropa davlatlari Xitoyni Rossiyaning Ukrainadagi urushini toʻxtatishda asosiy kuch deb biladi va Xitoy nizoning choʻzilishi orqali Yevropaga zarar yetkazmoqchi ekanligini aytishgan.

'Vashingtondagi NATO sammiti deklaratsiyasi sovuq urush mentaliteti va jangovar ritorikaga toʻla, Xitoy bilan bogʻliq mazmun esa provokatsiyalar, yolgʻon, igʻvo va tuhmatlarga toʻla', degan bunga javoban Pekin tomoni.

Dogʻistonlik general oʻlik holda topildi

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiysi Magomed Xandayev 61 yoshida kutilmaganda vafot etdi, deya xabar berdi Rossiya davlat idoralari. Xandayevning oʻlimi taniqli rus arboblari ishtirokidagi bir qator sirli voqealardan biri sanaladi.

U 2023-yil iyunidan buyon Rossiya Mudofaa vazirligining davlat ekspertizasi boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Xandayevning oʻlimi tafsilotlari, jumladan, sababi va qayerda ekanligi oshkor etilmagan. Ayrim manbalarga koʻra, u oʻz uyida oʻlik holda topilgan.

Rossiyaning Dogʻiston Respublikasi Shamilskiy tumani rahbari Magomed Gasanov Xandayevning jasadi dafn etish uchun Maxachqalʼaga olib kelinganini tasdiqladi. U tugʻilib oʻsgan Genta qishlogʻida dafn etiladi.

Taxminlarga koʻra, Rossiya Mudofaa vazirligini ramziy 'tozalash' boʻyicha keng koʻlamli saʼy-harakatlarning olib bormoqda. Dogʻistonlik general oʻz ajali bilan oʻlmagan boʻlishi ham mumkin.

'Newsweek' nashrining Kremldagi manbaning prognoz qilishicha, yil oxirigacha departamentda yuzlab hibsga olishlar boʻlishi mumkin. Bunga qarshi chiqqanlar bilan baxtsiz hodisalar ham sodir boʻlishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 15:26
 
54
0
xs.uz

Shimoliy Koreya keng koʻlamdagi kiber jinoyatlarni amalga oshirayotgani aytilmoqda

Shimoliy Koreya xakerlari butun dunyo boʻylab hukumatlar va xususiy kompaniyalarning yadro hamda harbiy sirlarini oʻgʻirlashga urinmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya, AQSH, Janubiy Koreya ogohlantirmoqda.Ushbu davlatlarga koʻra, 'Andariel' va 'Onyx Sleet' nomlari bilan mashhur guruh Pxenyanning harbiy va yadroviy dasturlari va maqsadlarini amalga oshirish yoʻlida maxfiy maʼlumotlarni olish uchun mudofaa, ayerokosmik, yadro hamda muhandislik sohalarini nishonga oladi.Guruh uranni qayta ishlash

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

27 Jul 09:17
 
70
0
qalampir.uz

YeI Rossiya aktivlaridan tushgan foydani ilk marta Ukrainaga berdi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan foydani birinchi marta Kiyevga o‘tkazib berdi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.  Qayd etilishicha, aktivlaridan tushgan 1,5 milliard yevro miqdordagi foyda Ukrainani mudofaa va rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi. YeI rahbarining ta’kidlashicha, buning uchun Moskvaning pullaridan foydalanish eng yaxshi variant

14 Aug 06:38
 
13
0
xs.uz

Donald Tramp Venesuelaga qochib ketmoqchi. Bu uchun esa bir voqea sodir boʻlmasligi kerak

Ilon Maskga bergan intervyusida Donald Tramp agar saylovda magʻlub boʻlsa, Venesuelaga qochib ketishi mumkinligini aytdi. U bu haqda 'X' tarmogʻida tashkil etilgan suhbatda maʼlum qilgan.Tramp hazil bilan agar saylov natijalari uning foydasiga chiqmasa, Venesuela AQSHdan koʻra xavfsizroq boʻlishini maʼlum qilgan. AQSHning 45-prezidentining taʼkidlashicha, Venesuela mahbuslarni ozod qilish va ularni AQSHga noqonuniy muhojir sifatida yuborish orqali jinoyatchilik darajasini pasaytirmoqda.U