Namanganda Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi
Maʼlum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana oʻn adadga ortgan. Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq poʻlatdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan.
Ikkinchi aslaha esa XIV asrga oid boʻlib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan. Baqtriya tangasi 475-600-yillarga oid. Xitoy tangasi esa XIX asrga oid boʻlib, uni tarixchi olim Sherali Qoʻldoshev batafsil tadqiq etgan.
'Tanganing oʻng tomonidagi 2 iyeroglif: Kashi / Kashi'喀什'' Qashqar. Chap tomonidagi 2 iyeroglif: san / san'参'' va jir / jin'金'' oltin, deb yozilgan. Tanganing tepa qismidagi 1 iyeroglif: guang / guang'光- yorugʻlik maʼnosini beradi Past qismidagi 1 iyeroglif: yuan / yuan'圓'yumaloq, yaʼni doira degan maʼnoni beradi. Tanganing oʻrtasidagi teshilgan joyidagi iyeroglifni oʻqish qiyin. Biroq, u shyuy'緒'iyeroglifini bildiryapti. Chunki Gaungshyuy / Guangxu'光緒'nomiga oʻxshayapti. U 1875 -1908-yillarda Xitoyni boshqargan', deydi Sherali Qoʻldoshev.
Uchta nodir kitob esa, ilm-maʼrifatga, falsafa va tarixga oid boʻlib, unda noyob ilm bitilgan.
KELAJAK YARATUVCHILARI
Ma’naviyat va ma’rifat darsi(1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni)Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.Shavkat MIRZIYOYEV Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajagi ta’limga qaratilay
Arxeologiya: faol olim va tadqiqotchilar taqdirlandi
Yaqinda'Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Tursunali Kuziyev ishtirokida Samarqand arxeologiya institutida soha xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.Unda arxeolog olimlar tomonidan keyingi yillarda ushbu yo'nalishga berilayotgan katta e'tibor tufayli bir qancha yangi yodgorliklar kashf etilgani va bu borada amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar xususida so'z yuritildi.Tadbir so'nggida Agentlik rahbariyati Xalqaro arxeologlar kuni munosabati bilan institut xodimlarini
BUXORIYNING ONASI
Farzandlarini yeru ko‘kka ishonmay yurgan Fotimani Allohning yana bir imtihoni kutardi. Bir kuni go‘dak o‘g‘li Muhammad atak-chechak qilayotib, yiqildi. Shunda yerda yotgan bir shoxcha uning ko‘ziga zarar yetkazdi. Oradan uch-to‘rt kun o‘tgach, ona farzandining ko‘rmayotganini bildi. Fotima dunyoni unutdi, Allohga nola qildi. Shu topda o‘g‘lining ko‘ra olishi evaziga hamma narsasini berishga tayyor edi. Katta o‘g‘li bilan birga buxorolik mashhur tabibnikiga jo‘nashdi.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi Turkiyada boʻlib qaytdi
Joriy yilning 14-19-sentyabr kunlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining bir guruh vakillari Turkiya Respublikasida boʻlib qaytishdi. Ularning ishtirokida Turkiyada qator tadbirlar, davra suhbatlari, taqdimot va koʻrgazmalar oʻtkazildi.Maʼlumki Turkiya gʻarb va sharq sivilizatsiyalari, turli ellar, madaniyatlar, tafakkur va qarashlar tutashgan qadimiy zamin. Bu betakror mamlakatni Oʻzbekiston bilan bogʻlab turadigan rishtalar bisyor. Xalqlarimiz tarixi asrlar osha umumiy il