Farzandlarini yeru ko‘kka ishonmay yurgan Fotimani Allohning yana bir imtihoni kutardi. Bir kuni go‘dak o‘g‘li Muhammad atak-chechak qilayotib, yiqildi. Shunda yerda yotgan bir shoxcha uning ko‘ziga zarar yetkazdi. Oradan uch-to‘rt kun o‘tgach, ona farzandining ko‘rmayotganini bildi. Fotima dunyoni unutdi, Allohga nola qildi. Shu topda o‘g‘lining ko‘ra olishi evaziga hamma narsasini berishga tayyor edi. Katta o‘g‘li bilan birga buxorolik mashhur tabibnikiga jo‘nashdi.
Qartaygan, ko‘zlari qisiq, titroq qo‘lli tabib bolani obdon sinchiklab ko‘rib, davolashga ojiz ekanini aytdi. “Shifo yolg‘iz Allohdan!” deb taskin ham berdi. Fotima tabib huzuridan bo‘shashib, oyoq-qo‘li holsiz qaytdi. Shu soatdan boshlab ona sarosimaga tushdi. Necha kundir, tunlari bedor, kunduzlari ro‘zador. Allohga iltijo bilan yolvoradi, farzandining kasaliga shifo so‘raydi. Ana shunday kunlarning birida juda toliqib, ozroq uxlagan edi, tush ko‘rdi. Hassa tutgan baland bo‘yli, yuzi nurli, ko‘rkam soqolli bir qariya tushiga kirdi. Keyin bilsa, bu zot Ibrohim Xalilulloh (alayhissalom) ekanlar. U kishi Fotima qarshisiga kelib, unga xursand holda: “Ey ayol, Allohga ko‘p yolborib yig‘laganing, tinmay duolar qilganing samarasiz ketmadi, mehribon Alloh o‘g‘lingga ko‘zlarini qaytarib berdi”, dedi. Ona uyqudan yuragi hapriqib uyg‘ondi. Shoshilinch o‘g‘li yotgan xonaga chopdi. Kirib qarasa, ko‘zi yana hammayoqni ko‘ra boshlagan o‘g‘li o‘rinda jilmayib yotardi. Fotima umid-iltijosi mukofotiga berilgan bu yaxshilikdan cheksiz sevindi. Allohga hisobsiz shukrlar aytdi, hamdu sano yo‘lladi.
Alalqissa, onasi suyub-ardoqlab o‘stirgan bu bola keyinchalik hadis ilmining sultoni, ulug‘ muhaddis Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (Imom Buxoriy) bo‘lib yetishdi.
БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ
Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да
СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ
Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла