calendar 11 Jul 15:13
eye 39
comments 0
comments Manba: xs.uz

Jizzaxliklar yutadi, deb oʻylagandik…

image


Jizzaxliklardagi oʻzlariga boʻlgan ishonch bejiz emasdi. Chunki, ular 1866-yilda general Chernyayev boshchiligidagi bosqinchilarni Chinozga qarab chekinishga majbur qilgandi. Shu bois ular yangi bosqinga qarshi hozirlikka zavq-shavq bilan kirishdilar.

Oʻziyam, sakkiz oy mobaynida minglab odamlar qalʼa devorlarini deyarli qaytadan mustahkamlash chiqishadi. Devor aslidan uch baravar baland qilib tiklangan, devorlarning qalinligi ham oshirilgan. Kamiga, qalʼa atrofi boʻylab oʻtgan xandaqlar chuqurligi 7-8 metrgacha yetkaziladiki, undan kechib oʻtish oson boʻlmasligi aniq. Hatto, tayyorgarlik yumushlari hujumga bir necha daqiqa qolgan paytda ham davom ettirilayotgan edi.

Jizzaxga qilingan birinchi yurish 1866-yil 28-yanvarda 14 rota piyoda, 600 kazak va 16 ta qurol-aslaha bilan Chernyayev tomonidan amalga oshirilgan boʻlib, u magʻlubiyat bilan tugagan. Natijada 27-martda Chernyayev Peterburgga chaqirilgan va Romanovskiy uning oʻrniga Turkistonga yuborilgan. Jizzaxga ikkinchi yurishni Romanovskiy amalga oshirgan.

Farangiz Qalandarovaning 'Rus'Buxoro urushlaridagi harbiy harakatlar tarixining manbalarda yoritilishi' maqolasidan.

Shu tariqa jizzaxliklar bosqinga qarshi juda yaxshi tayyorgarlik koʻrdi. Ularning askarlari soni va qurollari turi va tarkibi ham chakki emasdi.

Bu haqda amerikalik diplomat va sayyoh Yujin Skayler 'Turkiston' asarida shunday yozadi: 'Qoʻmondon Ollayorbek shaharni saqlab qolishga va agar uddasidan chiqishmasa, oʻlimga qaror qilgan. Kamiga 10 ming kishilik qoʻshin, 53 ta toʻp hamda amirning eng sara lashkaridan qolgan qism afgʻon, eroniy va turkmanlardan iborat boʻlib, faqatgina odatiy soyli miltiq emas, yevropacha pilta miltiq va koʻplab toʻpponchalar bilan qurollanishgan edi'.

Bu hali hammasi emas. Himoyachilar taktikasi ham toʻgʻri tanlangan, yaʼni yov uzoqdalik paytida oʻt ochmasdan, yaqinroq kelishlarini kutishadi. Negaki, ularning qurollari yaqin nishonni yaxshi ura olardi.

Nihoyat, barchalari ham hayajon, ham qoʻrquv bilan kutgan lahzalar yetib keldi. Aniq aytadigan boʻlsak, 'Turkiston' asarida keltirilishicha, 1866-yil 28-oktyabrda bosqinchilar shaharga toʻplarda oʻt ochadi hamda 30-oktyabr choshgohda yoppasiga hujum boshlab yuboriladi.

Himoyachilarning tayyorgarligi hamda qoʻshini va qurollaridan kelib chiqib, albatta, jizzaxliklar yutadi, deb oʻylagandikhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Ming taassuf boʻlsinki, shahar bir soatda bosqinchilar qoʻliga oʻtadi.

Jang chogʻida 18 nafar bekdan 16 nafari qahramonlarcha halok boʻladi, ular orasida qoʻshin qoʻmondoni Olloyorbek ham bor edi. Qariyb 6 ming askar nobud boʻladi, 2 ming nafari esa asir olingan.

Jizzax 18-oktyabr kuni ruslar tomonidan egallandi. Shaharni mudofaa qilgan 11 ming buxoroliklardan olti ming kishi halok boʻldi. Ruslardan esa 98 kishi oʻldirilgan. 11 ta bayroq va 43 ta toʻp ruslar tomonidan oʻlja sifatida egallangan.

Anton Kersnovskiy 'Rus armiyasi tarixi' asaridan.

Eʼtibor qilgan boʻlsangiz, shaharning bosib olinishi sanasi ikkita asarda ikki xil koʻrsatilgan. Ammo buning biz uchun umuman ahamiyati yoʻq. Shahar 18-oktyabrda bosib olindimi yoki 30-oktyabrdami, endi buning nima farqi borhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Vatan uchun jon tikkanlarning shuncha urinishlari, nahotki, bir soatga kifoya qilgan boʻlsahtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Bunda kimni ayblaysan, nima deb ayblaysan. Ammo shunga qaramasdan, bir necha sabablarni aytmasak boʻlmas.

Somiyga koʻra, Jizzax bosib olinishiga yomon strategiya tanlanishini sabab boʻlgan. Chunki Iskandarxon shahar darvozalarini loy uyumlari bilan mustahkamlab oʻramaslikni, magʻlubiyatga uchragan taqdirda shahardan chiqib ketish imkoni boʻlmay qolishini taʼkidlab, oldindan ogohlantirgan. Ammo uning fikrini amirlar inobatga olishmaydi.

Yana bir sabab qilib himoyachilar va Buxoro qoʻshinlari oʻrtasida yaxshi aloqa boʻlmaganligini keltirish mumkin. Agar aloqa yaxshi yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa edi, Buxorodan koʻmakka yuborilgan 18 toʻp va 2 ming kishilik yordamchi kuchlar vaziyatdan kelib chiqib, oʻz vaqtida yetib kelgan boʻlarmidihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Qolaversa, biz jizzaxliklar qurollarini sal ilgari anchagina oshirib aytganga oʻxshaymiz. Agar qurollar zamonaviy boʻlganida edi, bosqinchilarni shahar ostonasiga yoʻlatmasdan qirgʻin qilib yuborish mumkin boʻlar edi...

Zamon bilan hisoblashmaganlarni zamon kechirmaydi, bu qoida hozirgi kunlarimizda ham oʻzgargan emashtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end

Tarixning achchiq haqiqati barchamizga saboq boʻlmogʻi darkor!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:55
 
50
0
xs.uz

“Tabassuming yodimda hamon...”

20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak

27 Jan 00:55
 
71
0
xs.uz

Joʻrabek dodxoh kim boʻlgan?

'Adabiyot' nashriyotida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Norqobil Jalil va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Roʻzimboy Hasan hammuallifligida 'General Joʻrabek: davr va qismat' deb nomlangan asar nashr etildi.Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mazkur kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirni ochgan Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo mualliflar 1840-yilda Kitob shahri yaqinidagi Gulgunpoʻsh qishlogʻida tugʻilgan Jo

31 Jan 15:22
 
42
0
xs.uz

Ijodga oshno qalb

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand Davlat universitetida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻzining 70 yoshini qarshilagan, Oʻzbekiston va Belarus Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ismat Koʻchiyevning hayoti va adabiyotga bogʻlangan ijod yoʻli haqida gap bordi.Oʻzbekiston Respublikasi va bir qator xalqaro tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan Ismat Koʻchiyev, shuningdek, taniqli publitsist, yozuvchi va shoir, jamoat arbobidir.Dastlab tadbirda ishtirok et

31 Jan 15:22
 
66
0
xs.uz

Bir suvratda ming farishta

Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan kartinaMen rasmga koʻp tushunmayman. Ammo, har bir kartinani bir sheʼr deb bilaman. Kartina sheʼrdek soʻzlaydi, ranglar soʻzlaydi, tasvirlar, tashbehlar, mubolagʻalar, qalb izhorlari... bularning bari kartinalarda sodir boʻladi.Chin ijod vaqtdan tashqari hayot. Vaqt bilan hisoblashmaydi. Yer sayyorasida eng qisqa vaqtning koʻchishi yorugʻlik tezligi hisoblansa, ijod oʻsha vaqtni ushlab qolgan oniy lahzalardir. Vaqt taʼsir qilmaydigan sayyoralar ko