calendar 11 Jul 15:12
eye 112
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Copa America” finalida kimlar oʻynashi maʼlum boʻldi

image
Bugun, 11-iyul kuni futbol boʻyicha Amerika chempionati musobaqasining ikkinchi yarim final uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda Kolumbiya termasi Urugvayni magʻlub etdi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Lerma tomonidan kiritilgan gol oʻyin taqdirini hal qildi. Bahsning 45-daqiqasi kolumbiyaliklar bir kishi kam boʻlib qolgan boʻlishsa-da, yakunda gʻalabani ilib ketishdi.

Qayd etish kerakki, Kolumbiya terma jamoasi soʻnggi 28 ta oʻyindan beri yutqazmayapti. Jamoa tarkibida sobiq 'Real Madrid' futbolchisi Xames Rodriges ham bor. U bu musobaqada ajoyib sermahsullik qayd etmoqda.

Endi 14-iyul kuni Xames Rodriges yetakchiligidagi Kolumbiya finalda Argentinaga qarshi oʻynaydi.

Kolumbiya esa ushbu musobaqada 17 bor qatnashgan va faqat bir marta ' 2001-yilda gʻolib boʻlgan. Argentina ushbu musobaqaning 15 bor gʻolibi hisoblanadi. 2021-yilda oʻtkazilgan turnirda ham Lionel Messi hamyurtlari bilan bosh sovringa ega chiqqandi.

Avvalroq, Messi 'Copa America'ni yutsa, 'Oltin toʻp' olishi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

“Real” stadionining VIP-o‘rindiqlar chiptasi rekord summada sotiladi

Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolanishi munosabati bilan Madridning “Real” klubi katta miqdorda pul ishlab olmoqchi, jumladan, jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniya OAV xabar berdi. Klub o‘zining uy stadioni “Santyago Bernabeu”da VIP o‘rindiqlar narxi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi. “Real Madrid” arenani 1,5 milliard yevroga ta’mirlash ishlaridan so‘ng 300 ta hashamatli Super VIP o‘

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

“Barselona” futbolchisi faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin

Qatarning “Al-Sadd” futbol klubi Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi, germaniyalik Ilkay Gyundoganga transfer taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.  Qayd etilishicha, “Barselona” moliyaviy qiyinchiliklar tufayli nemis futbolchisini sotish taklifini ko‘rib chiqmoqchi.

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Sportchilar Olimpiya shaharchasida ovqat yetishmasligidan norozi bo‘lmoqda

Sportchilar Parij-2024 Olimpiya shaharchasida oziq-ovqat yetishmasligidan shikoyat qildi. Bu haqda “L'Equipe”  xabar berdi. Manbaga ko‘ra, tashkilotchilar iste’mol mahsulotlari hamma uchun yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun ba’zi turdagi oziq-ovqatlarni ratsionga kiritishlari kerak. Misol uchun, sportchilar tovuq tuxumining kamligi va boshqa ba’zi mahsulotlarni yetkazish tezligidan shikoyat qilmoqda. Olimpiya shaharchasida faoliyat yurituvchi “Sodexo

29 Jul 15:38
 
44
0
xs.uz

Ruslan Abdullayev meksikalik bokschiga imkoniyat qoldirmadi

Qayd etish kerakki, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ruslan Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli start oldi.-63,5 kg vazn toifasida ilk jangini oʻtkazgan Abdullayev meksikalik Migel Ramiresni katta ustunlik bilan magʻlub etdi. Shu tariqa sportchimiz chorak finalga yoʻl oldi. Endi u 1-avgust kuni yarim final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi.Avvalroq, oʻzbekistonlik sportchilar juftligi akademik eshkak eshish boʻyicha finalda ishtirok eta