calendar 11 Jul 15:12
eye 87
comments 0
comments Manba: xs.uz

FAO Oʻzbekistonda oʻrmonlarni muhofaza qilish sohasida zamonaviy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirishga koʻmaklashmoqda

image
Oʻrmon xoʻjaligi faoliyatida raqamli texnologiyalar va GIS vositalaridan foydalanish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning 'Oʻzbekiston togʻ va vodiy hududlarida oʻrmonlarni barqaror boshqarish' loyihasi tomonidan ilgari surilayotgan muhim yoʻnalishlardan biridir.

Global ekologik jamgʻarma (GEF) tomonidan moliyalashtirilayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida shu kungacha Kitob, Dehqonobod, Pop tumanlarida bir qancha dala mashgʻulotlari olib borildi. Ushbu seminarlarda asosiy eʼtibor oʻrmon ekotizimlarini doimiy monitoring va inventarizatsiya qilishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish, oʻrmonlarni tashkil qilish texnologiyalarini takomillashtirish va Oʻzbekistonda oʻrmon xoʻjaligining umumiy axborot tizimini rivojlantirishga qaratilgan.

Kuni kecha Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligida oʻrmonlar va yaylovlarni inventarizatsiya qilishning zamonaviy usullarini joriy etish va qoʻllash boʻyicha navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Treningda davlat tashkilotlari, FAO va mahalliy oʻrmon xoʻjaligi vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar oʻsimliklarni tahlil qilish, daraxtlarning taksatsion oʻlchamlari va shox-shabbalari koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tavsiflash, fitosanitariyani baholash va landshaft xaritalarini yaratish boʻyicha ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda amaliy tajribaga ega boʻldilar.

Mazkur tashabbusning pirovard maqsadi Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligiga qarashli barcha oʻrmon ekotizimlarini xatlovdan oʻtkazishning zamonaviy usullarini joriy qilish asosida oʻrmon xoʻjaligining kompleks rejasini ishlab chiqishdan iborat. Bu Oʻzbekiston oʻrmonlari va ekotizimlarining barqaror boshqaruvini taʼminlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

FAOning 'Oʻzbekiston togʻ va vodiy hududlarida oʻrmonlarni barqaror boshqarish' loyihasining shu paytgacha olib borgan faoliyati davomida 20 nafar markaziy va 80 nafar mahalliy mutaxassislar zamonaviy GIS texnologiyalaridan foydalangan holda innovatsion usullar asosida oʻrmon va yaylov hududlarini inventarizatsiya qilish boʻyicha tayyorlandi. Olingan tajriba va bilimlar 12 mln. gektar maydonni oʻz ichiga olgan 96 ta oʻrmon xoʻjaligi korxonalarini doimiy monitoring qilishda asos boʻlib xizmat qiladi.

'Ushbu texnologiyalardan nafaqat Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaliklarida foydalanish, balki, vazirlik va idoralar tomonidan shahar bogʻlari va xiyobonlaridagi, shu bilan birga yashil maydonlardagi daraxt va butalarni inventarizatsiya qilishda foydalanish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu texnologiya koʻchatlarning turi, yoshi va holati boʻyicha tasniflangan elektron hisobotni yuritish imkonini beradi. Operatsion maʼlumotlar shahar va aholi punktlarida yashil maydonlarni saqlash borasida oʻz vaqtida javob choralarini koʻrish va qarorlar qabul qilish imkonini beradi', loyihaning texnik muvofiqlashtiruvchisi Olimjon Qahhorov .


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:22
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,11 soʻmga pastladi va 12 724,84 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 32,80 soʻmga oshib, 14 223,83 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,03 soʻmga tushib, 137,11 soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:36
 
15
0
postda.uz

ARIMANI TO‘LAMAYMAN DЕB...

Chortoq tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, mayor Eldorbek Ne’matov Zafar Diyor nomli mahallada yashovchi I.M. «Damas» rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz bosh­qarib kelayotganligini aniqladi. Fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, avtomashinasini vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirgandan bir hafta vaqt o‘tgach, fuqaro avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish va o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘

09 Oct 12:40
 
20
0
xs.uz

Quyosh panellari daromad keltirmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Energiya samaradorligini oshirish boʻyicha Samarqand viloyati hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda. Aholi va ijtimoiy soha obeʼktlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlash maqsadida viloyatdagi tijorat banklari tomonidan 2023-2024-yilllar davomida 1 779 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga muqobil energiya vositalarini sotib olish uchun 157 464 million soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Jumladan, 1 426 nafar fuqaroga 40 010 million

09 Oct 16:17
 
14
0
xs.uz

Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'9,03'soʻmga tushdi va'12 778,00'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'36,76'soʻmga tushib,'14'012,35'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,47'soʻmga pastlab,'131,58'soʻmni tashkil qildi.