calendar 11 Jul 15:12
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

Endi diplomi yoʻqlar ham oʻqituvchilik qilishi mumkin

image
Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan:

Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy oʻquv markazlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi;

reyting natijalariga koʻra olis va chekka hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi eng yuqori koʻrsatkichga ega 100 ta xususiy oʻquv markazining taʼlim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara toʻlovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi.

2024'2026-yillarda oliy taʼlim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida S1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida oʻqituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

2024/2025 oʻquv yilidan ota-onalar va oʻquvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini oʻqitishni yoʻlga qoʻyiladi.

2025-yil 1-yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni oʻrgatish boʻyicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyiladi hamda ularning xalqaro taʼlim standartlariga mos taʼlim dasturlari 'Ibrat farzandlari' va 'Ustoz' loyihalariga tatbiq etiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
59
0
xs.uz

Oʻquvchilarga avtomobillar ijaraga berilishi oqibatida oyiga 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlmoqda

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida hozirda 7-11 sinf oʻquvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham oʻylantirishi zarurligi qayd etildi.Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda oʻquvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlib qolyapti. Oʻlim bilan tugayotgan holatlar ham koʻp.Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman pro

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

31 May 08:49
 
31
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

17 May 21:46
 
50
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi

15-may kuni Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga