calendar 11 Jul 15:12
eye 127
comments 0
comments Manba: xs.uz

Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlish kerakligi belgilandi

image
'Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga doir faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

Bunda, Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.

Shuningdek, 'Umra' tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan'jarimalar miqdorlari'BHMning 200 baravari (68 mln soʻm)'etib belgilandi.

Bundan tashqari 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyatini litsenziyalaganlik uchun toʻlanadigan davlat boji BHMning 10 baravari (3 mln 400 ming soʻm) etib belgilandi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, Qonun Qonunchilik palatasida joriy yilning 26-mart kuni'qabul qilingan'boʻlib, 18-may kuni Senat tomonidan'maʼqullangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 13:03
 
76
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Komissiyasi Prezidentiga maktub yoʻlladi

Davlatimiz rahbari oʻz maktubida soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli munosabatlarini sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga koʻtarishda, mamlakatimizdagi ortga qaytmas tus olgan demokratik va iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda Yevrokomissiya Prezidentining ulkan shaxsiy hissasi borligini alohida taʼkidladi.Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan hamkorlik barcha ustuvor yoʻnalishlarda yanada yuksak bosqichga koʻtari

26 Jul 10:25
 
46
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik qancha?

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln so‘mga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi. Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davrida 4 million 337 ming so‘m bo‘lgan. 2024 yil yanvar-iyun davri uchun ma’lumotlar dastlabki, o‘tgan davrlar uchun ma’lumotlar yakuniy hisoblanadi. Shuningdek, Statistika agentligi xabariga ko‘ra, yari

22 Jul 18:59
 
57
0
xs.uz

“Shovona”ning yoʻllari ravon boʻlmoqda

Joriy yilda respublika byudjetidan ajratilgan 4,5 milliard mablagʻ hisobidan mazkur yoʻlning Shovona mahallasi hududidagi taʼmirtalab 9-15 kilometr qismi tekislanib, asfalt qilinmoqda.' Har yili yoʻl qisman yamalaverganidan haydovchilar, yoʻlovchilardan murojaatlar koʻpayib ketgandi, ' deydi Qoʻshrabot tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi boʻlim boshligʻi Ismoil Xidirov. ' Davlat dasturiga asosan mazkur avtomobil yoʻlining eni 7 metrdan 9 metrgacha kengaytirilmoqda

19 Jul 12:48
 
73
0
qalampir.uz

Rossiyada narkotik saqlashda ayblangan o‘zbekistonlik 13 yilga qamaldi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi geroin sotganlikda ayblanib, 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Ural Insider” axborot agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Perm shahrining Sverdlovsk tuman sudi O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan 25 yoshli fuqaroni 5 ta jinoyat sodir etganlikda, shu jumladan, Rossiya Jinoyat kodeksining 228-moddasi (giyohvandlik vositalarini katta miqdorda sotish)ga ko‘ra, aybdor deb topib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Aniqlanish