calendar 11 Jul 15:12
eye 80
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkent shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik vaziyat holati Senatda muhokama qilindi

image
Oliy Majlis Senatining ellik toʻrtinchi yalpi majlisida parlament nazorati doirasida Toshkent shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holati koʻrib chiqildi.

Majlisda poytaxtda tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha qator ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi.



Xususan, Toshkent shahrida 2024-yil 1-aprel holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 135,1 mingtani tashkil etib, mazkur tadbirkorlik subyektlarning asosiy qismi, yaʼni 33 foizi savdo, 13 foizi sanoat, 9 foizi qurilish sohasiga toʻgʻri kelgan.

Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan joriy yilning oʻtgan choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 9,5 trln soʻmni, qurilish ishlari 5,9 trln soʻmni, chakana savdoning tovar aylanmasidagi hajmi 11,3 trln soʻmni va xizmatlar hajmi 20,0 trln soʻmni tashkil etgan.



Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2024-yilning oʻtgan 6 oyida shahar boʻyicha 1 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxsga 17,4 mlrd soʻm imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan 'Yashil makon' umummilliy loyihasining bahorgi koʻchat ekish mavsumi doirasida Toshkent shahrida 700 ming donaga yaqin manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlari va qalamchalari ekilgan. Shuningdek, 'Yashil makon' umummilliy loyihasi doirasida 12 ta tuman hokimliklari tomonidan 20,47 gektar maydonda 26 ta hokimlik yashil bogʻlari, har bir tumanda 'Kashtan koʻchasi', 'Chinor koʻchasi', 'Eman koʻchasi', 'Lola daraxti koʻchasi' kabi namunaviy koʻchalar tashkil etilgan.



Chiqindilarni boshqarish boʻyicha Toshkent shahrida mavjud 585 ta MFY toʻliq sanitar xizmat koʻrsatish boʻyicha qamrab olingan. Shaharda umumiy hisobda mart oyigacha 363,2 ming kub metr aholidan qattiq maishiy chiqindilar olib chiqib ketilgan.

Joriy yilning oʻtgan davrida shaharda yangi qurilayotgan hamda faoliyat olib borayotgan sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalariga jami 1 057 ta davlat ekologik ekspertizasining xulosalari taqdim qilingan.



Shuningdek, oʻrganish jarayonida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda ayrim kamchilik va muammolar ham mavjudligi aniqlandi.

Xususan, majlisda taʼkidlanganidek, shaharda 2023-yil yakuni bilan 327 ta hududiy korxonalar 10,2 trln soʻmlik zarar bilan yakunlagan.



Shu bilan birga Mirzo Ulugʻbek tumanidagi ishlab chiqarish korxonalaridan iborat kichik sanoat zonasida muntazam ravishda elektr va gaz taʼminotida muammolar mavjudligi, Yakkasaroy tumanida esa Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil qilish boʻyicha ishlar toʻliq amalga oshirilmaganligi, Yashnobod tumanida 28 ta lotdan iborat Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil qilingan boʻlsa-da, biroq bugungi kunda 28 ta lotdan faqat 12 tasi auksion orqali sotilganligi koʻrsatib oʻtildi.

'Tadbirkor virtual ofisi' axborot portali orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan nazorat oʻrnatilgan boʻlishiga qaramasdan, murojaatlarning 29 foizini (106 ta) koʻrib chiqish muddatlari buzilgan.



Bundan tashqari, respublika miqyosida atmosferaga yiliga 2 mln 200 ming tonnadan ziyod ifloslantiruvchi moddalar chiqarilayotgan boʻlib, Toshkent shahrida havodagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori qariyb 420 ming tonnani tashkil etgan.

Hududlardagi ayrim korxonalarda haligacha 10-yildan ortiq ishlatilayotgan chang-gaz tozalash uskunalari modernizatsiya qilinmagan.



Joriy yilning oʻtgan davri davomida daraxtlarning noqonuniy kesilishi bilan bogʻliq 87 ta holat aniqlanib, tabiatga jami 817,3 mln soʻm zarar yetkazilgan. Shahardagi oqava suv tozalash inshootlari samaradorligi past boʻlib, Salar va Boʻzsuv inshootlarida 72 foizni, Bektemir inshootida 53 foizni tashkil qiladi, xolos.

Senatorlar tomonidan shaharda tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik vaziyatni yaxshilashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar masʼul vazirlik va idoralarga koʻrsatib oʻtildi hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga, ekologiya sohasida mavjud talablar bajarilishini taʼminlashga qaratilgan zarur choralar koʻrish yuzasidan takliflar bildirildi.



Xususan, korxonalarni sogʻlomlashtirishga qaratilgan choralarni belgilash, kichik sanoat zonasi va yoshlar sanoat zonalari muhandislik taʼminotini yaxshilash orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, 'Yashil makon' umummilliy loyihasi asosida ishlarni tashkil etish, atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha choralarni koʻrish lozimligi qayd etildi.

Koʻrib chiqilgan masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.













Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:43
 
19
0
xs.uz

Prezident Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Lazizbek Mullajonovni tabrikladi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasiga navbatdagi 2 ta oltin medalni keltirgan va ularning soni boʻyicha rekord koʻrsatkichga erishilishiga hissa qoʻshgan sportchilarimiz - bokschilar Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Lazizbek Mullajonov bilan telefon orqali suhbatlashdi.'Boks boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda tengsiz ekanini yana bir karra isbotlaganingiz uchun minnatdorlik bildirib, tabriklamoqchiman. Xalqimizning chinakam qahr

29 Jul 15:40
 
47
0
xs.uz

Namanganda ikki yigit bank xodimini 3-qavat derazasidan uloqtirib yubordi

Namangan shahrida 'Agrobank' xodimini oʻz tanishlari 3-qavatdan tashlab yubordi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.Bildirilishicha, voqea Namangan shahar Obihayot MFY Ibrat koʻchasida joylagan 10-uyda sodir boʻlgan. 36-xonadonda ijara asosida yashab kelayotgan 22 yoshli X.M. hamda uning tanishi N.L. bilan birgalikda 21 yoshli A.M. (Bank kassiri) bilan oʻzaro janjallashib ketib, A.M.ni qasddan oʻldirish maqsadida xonadoning yotoqxona oy

22 Jul 11:23
 
53
0
xs.uz

Noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan 10 ming qutiga yaqin tamaki mahsuloti fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax, Andijon va Namangan viloyat boʻlimlari tomonidan noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan bir qator shaxslar ushlandi. Bu haqda Departamentning axborot xizmati maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.M.ning savdo doʻkoni va avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda sotish maqsadida noqo

08 Sep 16:44
 
7
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev qirgʻizistonlik sanʼatkorlarni mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari hamda strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish borasidagi katta xizmatlari, oʻzining yorqin va betakror isteʼdodi, musiqa va qoʻshiqchilik yoʻnalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va sanʼat sohalarida muloqotni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, maʼnaviy qadriyat va anʼanala