calendar 11 Jul 15:12
eye 59
comments 0
comments Manba: xs.uz

3 milliard soʻmdan 500 AQSH dollarigacha: DXX mansabdorlar bilan bogʻliq korrupsiya holatlarni aniqladi

image
Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi 2023-yilning may oyidan 2024-yilning may oyiga qadar ushbu korxonada elektr energiyasi oqimini hisobga olish va nazorat qilish muhandisi vazifasida ishlab kelib, savdo faoliyatini olib borishga ixtisoslashgan MCHJning elektr energiyasidan 202 million 500 ming soʻmlik qarzdorligini tanishlari orqali hisobdan chiqartirib berish evaziga 90 million soʻm talab qiladi. U 2023-yilning iyun dekabr oylari davomida tadbirkordan jami 78 million soʻm oladi, ammo, vaʼdasini ustidan chiqmasdan, yaʼni, qarzdorlikni bazadan oʻchirtira olmasdan, barcha olgan pullaridan dastlabki 3 million soʻmni uchinchi shaxs orqali qaytarib bergan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ikkinchi holat, Toshkent viloyatining Qibray tumanida faoliyat yurituvchi xususiy korxona rahbari oʻzining mansabdor tanishlari orqali Namangan viloyatining Davlatobod tumanida barpo etilayotgan 'Yangi Namangan shaharchasi'ni ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun Kosonsoy shahridagi suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish loyihasini tender savdolarida yutib berish evaziga tadbirkordan 4 milliard soʻm talab qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbari ushbu noqonuniy ishga aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlangani qayd etilgan.

Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik boʻlinmasi katta tezkor xodimi Karmana tumanida yashovchi fuqaroning plastik kartasidan 62 million soʻm pul mablagʻini noqonuniy yechib olgan shaxslarni aniqlab berish evaziga 600 AQSH dollari talab qiladi. Bunday holatlarni fosh etish katta tezkor xodimning bevosita xizmat vazifasiga kirsada, u jabrlanuvchidan soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda, Yangiyer shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi katta inspektori probatsiya nazoratida turgan, joriy yilning fevral oyida sud hukmiga asosan JKning 168-moddasi 3-qismi 'b' bandi bilan aybli deb topilib, axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan shaxsni jazoni Yangiyer shahrida oʻtamaslik, Toshkent shahrida erkin tadbirkorlik faoliyatini olib borishi uchun yordam berish, yashash manzilini tekshirmaslik hamda chora koʻrmaslik evaziga Yangiyer shahridan 2 xonali uyni sotib olib, uning nomiga rasmiylashtirib berishini hamda 500 AQSH dollari miqdorida pul mablagʻi berishini talab qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda katta inspektor 400 AQSH dollari hamda 1 million 260 ming soʻmni oʻz xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

'Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan', deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
87
0
xs.uz

Namanganda 2,3 mlrd soʻmlik elektrni oʻgʻirlagan shaxsga jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Namanganda oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulangan MCHJ rahbariga jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Oʻzenergoinspeksiya' Namangan viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Tadbir davomida Norin tumanidagi 'Б.М.Ф.' MCHJ norasmiy rahbari Ш.У. jamiyatga qarashli gʻisht ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd 36

12 Jul 18:07
 
132
0
xs.uz

Fargʻonada ayol yosh bolasi bilan liftda qamalib qolib, hushidan ketdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida joylashgan koʻp qavatli uylardan birida yashovchi ayol yosh bolasi bilan liftda qamalib qolib, hushidan ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi holat oʻrganilayotganini'bildirdi.'Ayni vaqtda Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi Bosh boshqarmasi hamda boshqarmaning Qoʻqon shahar boʻlimi, Qoʻqon shahar hokimligining masʼul xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tashkil

17 Jul 14:05
 
104
0
xs.uz

Qardoshlik aloqalari mustahkamlandi

Fargʻona viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Qirgʻiz Respublikasining Batken viloyatida boʻlib, Batken gubernatori Abdikarim Alimbayev boshchiligidagi qoʻshni viloyat rasmiylari bilan uchrashdi. Ikki mamlakat rasmiylari birgalikda viloyatning Rishton, Soʻx, Shohimardon hamda Quvasoy shahri hududidagi chegara nazorat punktlari faoliyati bilan tanishdi.Chegara maskanlarida aholi vakillari, yuk tashuvchi transport vositalari egalari bilan suhbatlashib, xizmat sifatini yanada yaxshilash

17 Jul 18:23
 
70
0
xs.uz

Moskvadan Samarqandga uchgan yoʻlovchi samolyotda bomba borligini aytdi

Moskvadan Samarqandga uchgan samolyot yoʻlovchisi styuardessalarga uchoq bortida portlovchi modda borligini aytdi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov maʼlumot berdi.Bildirilishicha, joriy yilning 15-iyul kuni soat 03:15 da IIOlariga Domodedovo'Samarqand yoʻnalishidagi aviareys bilan uchib kelgan 46 yoshli fuqaro М.А. (millati rus) mast holatda ushbu bortda xizmat olib borayotgan styuardessalarga, 'samolyotda portlovchi modda bor', deb aytgani haqida xabar