calendar 15 Jul 12:03
eye 88
comments 0
comments Manba: xs.uz

Namanganda 2,3 mlrd soʻmlik elektrni oʻgʻirlagan shaxsga jinoiy ish qoʻzgʻatildi

image
Namanganda oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulangan MCHJ rahbariga jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.

Qayd etilishicha, 'Oʻzenergoinspeksiya' Namangan viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Tadbir davomida Norin tumanidagi 'Б.М.Ф.' MCHJ norasmiy rahbari Ш.У. jamiyatga qarashli gʻisht ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd 365 mln soʻmlik (2 mln 128 ming kVt/soat) elektr energiyasini oʻgʻirlagani aniqlangan.

Shu kabi Yangiqoʻrgʻon va Chortoq tumanlarida oʻtkazilgan tadbirda 'И.Н.' va 'Қ.А.' fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari yer maydonini sugʻorish uchun oʻrnatilgan suv inshootlarini tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan elektr tarmoqlariga ulab, jami 203,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani'maʼlum boʻlgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik), 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
9
0
xs.uz

Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarboyjon birinchi xonimi bilan uchrashdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Ozarboyjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan uchrashdi. Bu haqda u oʻzining Telegramʻdagi kanaliga yozib qoldirdi.'Birgalikda Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazi qoshidagi 'Mehrli maktab' shifoxonasiga, Oʻzbekiston xalq rassomi Akmal Nur suratlari koʻrgazmasiga bordik, milliy liboslarning ajoyib namoyishini tomosha qildik.Madaniy-gumanitar aloqalar va mushtarak a

22 Jul 16:12
 
95
0
xs.uz

“Uychi tajribasi” ommalashtirilmoqda

' Mashad mahallasidagi 'Asl Umid Abror' qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyatiga qiziqib qoldik, ' deydi Guliston tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Olimjon Joʻrayev. ' Bu yerda asosan oʻrik, bodom, yongʻoq magʻizlari qayta ishlanib, eksportga tayyorlanadi. Eʼtiborli tomoni, doimiy 25 ta ishchi oʻrni yaratilgan boʻlsa, mavsumda bu 100 tagacha boradi. Mahsulot asosan qoʻl mehnati bilan tayyorlangani uchun xotin-qizl

26 Jul 10:20
 
35
0
xs.uz

Ota-bola “qora bozor”da umumiy 900 millionga baholangan psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻldi

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati IIBB, DXX va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro nazoratdagi xaridorga 70 dona 'Aminometil' hamda 3 dona 'Tropikamid' kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4 million 300 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ushlangan.Shuningdek, ayblanuvchining yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dor

18 Jul 11:52
 
74
0
xs.uz

Yorliqsiz tabletkalar “Tramadol” boʻlib chiqdi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi 'Boldir' temir yoʻl chegara bojxona postiga qoʻshni davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga tranzit ravishda oʻtish uchun kirib kelgan temir yoʻl yuk vagonlari bojxona nazoratidan oʻtkazildi.Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, temir yoʻl yuk vagonlarining birida bojxona nazoratidan xufiyona tarzda yashirilgan 2 dona oʻramlar ichida 641 dona hech qanday yorligʻi va nomi mavjud boʻlmagan tabletkalar borligi an