calendar 12 Jul 18:07
eye 132
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonada ayol yosh bolasi bilan liftda qamalib qolib, hushidan ketdi (video)

image
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida joylashgan koʻp qavatli uylardan birida yashovchi ayol yosh bolasi bilan liftda qamalib qolib, hushidan ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi holat oʻrganilayotganini'bildirdi.

'Ayni vaqtda Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi Bosh boshqarmasi hamda boshqarmaning Qoʻqon shahar boʻlimi, Qoʻqon shahar hokimligining masʼul xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tashkil etilib, mazkur masala joyida oʻrganilmoqda', deyiladi vazirlik xabarida.

Yuqoridagi videoda holatdan norozi fuqaro hodisa binodagi liftlarga masʼul shirkat vakilining oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgani tufayli yuzaga kelganini qayd etgan. Uning qoʻshimcha qilishicha, shirkat koʻrsatilmagan xizmatlari uchun ham pul olgan, ammo tegishli xavfsizlik choralarini koʻrmagan. Oqibatda siz tasvirda koʻrib turgan holat sodir boʻlgan.

Telegram kanallarda tarqagan boshqa bir videoda hushsiz ayol va uning voyaga etmagan farzandi muvaffaqiyatli qutqarib olingani va birinchi yordam koʻrsatilgani aks etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 20:56
 
120
0
qalampir.uz

Jizzaxda 745,3 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlagan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

Jizzaxda 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Qayd etilishicha, departamentning Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xo‘jaliklari

16 Jul 08:23
 
129
0
xs.uz

Bugun ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab bir oz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-13 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 33-35 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 1

11 Jul 18:43
 
154
0
xs.uz

Sirdaryodagi bogʻchada tarbiyachi yosh bolaga oyogʻini uqalatayotgani tasvirlangan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryodagi bogʻchada tarbiyachining yosh bolaga oyogʻini uqalatib yotgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holatga'izoh berdi.Bildirilishicha, holat zudlik bilan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan va boshqarmaning Oqoltin tumani boʻlimi masʼullari tomonidan atroflicha oʻrganib chiqilgan.Oʻrganishlar natijasida aniqlanishicha, holat tumandagi 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim t

15 Jul 12:03
 
142
0
xs.uz

Andijondagi Shahrixonsoyda kichkina qiz jonsiz holatda topildi

Maʼlum qilinishicha, seldan keyin Andijon, Shahrixonsoydan oqib ketgan qiz jonsiz holatda topilgan.Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur hodisa viloyat hamda tuman hokimliklari, shuningdek, viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.Hozirda shaxsi nomaʼlum va IIB vakillari uning shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha ish olib bormoqda.Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlari hududidagi tezkor oʻrganishlar davomida ushbu hududlarda bu yoshdagi farzandini yoʻqotgan hech bi