calendar 17 Jul 20:56
eye 121
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jizzaxda 745,3 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlagan fermer xo‘jaliklari aniqlandi

image

Jizzaxda 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Baxmal, Yangiobod va Paxtakor tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “M.B.”, “L.M.” hamda “U.S.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘llar bilan tarmoqqa ulab, jami 745,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan MCHJ rahbariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
97
0
xs.uz

Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi BRICSning X parlament forumida ishtirok etdi

Tadbirda ilm-fan, taʼlim, turizm, sanʼat va madaniyat, yosh parlament aʼzolari bilan ishlash sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Yalpi majlisda Oʻzbekiston delegatsiyasi yurtimizda taʼlim, madaniyat, turizm sohalariga qaratilayotgan eʼtibor, erishilayotgan yuksak natijalar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.Forum ishtirokchilari fan, taʼlim, madaniyat va turizm sohalarini rivojlantirish, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlar huquq va manfaatl

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

Berdimuhamedov Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Turkmaniston milliy yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. “O‘zbekiston bilan Turkmanist

19 Jul 20:15
 
100
0
xs.uz

Ikki yigitning qoʻpol hazili sabab bir qiz jarlikka tushib ketdi

Bildirilishicha, holat Sariosiyo tumanidagi Sangardak sharsharasi yaqinida yuz bergan. Tuman IIB xodimiga koʻra, osma koʻprikdan yiqilib tushgan qiz jiddiy shikastlanmagan.'Hozirda u oilasi yonida. Holat boʻyicha FVB va IIB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda', deydi idora xodimi.Taʼkidlanishicha, mazkur osma koʻprik noqonuniy qurilgan boʻlib, hozirda u olib tashlangan.

20 Jul 12:40
 
59
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda yo‘l harakati qoidalarini 105 marta buzgan Gentra xatlandi

Qashqadaryo viloyatida 105 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan va ma’muriy jarimalarni to‘lamagan shaxsning Gentra mashinasi xatlovga olindi. Bu haqda viloyat Majburiy ijro byurosi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs yo‘l harakati qoidalarini buzgani va ma’muriy jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun uning Gentra mashinasiga qidiruv e’lon qilingan. Kecha, 19 iyul kuni MIB xodimlari qarzdorning yashash xonadoniga majburiy ijro haraka