calendar 11 Jul 15:12
eye 57
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

image
'Oʻzbekiston ' ijtimoiy davlat' tamoyili asosida mamlakatimizda aholini qoʻllab-quvvatlash, bu sohada sharoitlarni yaxshilash va xizmatlarni kengaytirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda nogironligi bor shaxslarga qulayliklar yaratish muhim vazifalardan. Shu maqsadda nogironlikni belgilashda raqamlashgan tizimga oʻtish taklif etilmoqda.

Unga koʻra, bu dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025-yil 1-sentyabrga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ekspert komissiyalariga tibbiy hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron yuboriladi. Baholash Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining moslashtirilgan mezonlari asosida 'Inson' markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda uning reabilitatsiya dasturi hamda protezga muhtojligi boʻyicha maʼlumotlar shakllantiriladi.

Endi ekspert komissiyalari tomonidan kasbga, taʼlimga, sportga tavsiya berish, mehnatga layoqatsizlikni belgilash tartibi bekor qilinadi. Bunday shaxslar ish, sport va taʼlimga individual yondashuv asosida yoʻnaltiriladi.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning xavfsiz va toʻsiqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish ham koʻzda tutilmoqda. Shu bois quriladigan va taʼmirlanadigan binolar bunga moslashganligi boʻyicha majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi. 'Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda' jamgʻarmasining kamida 10 foiz mablagʻi har yili chorrahalarni nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish boʻyicha qurilish va jihozlashga yoʻnaltiriladi. Toʻsiqlarsiz muhit yaratilgan obyektlarning elektron interaktiv xaritasi yaratiladi.

Jamoat transporti boʻyicha tenderlarda faqatgina nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirilgan avtobuslar ishtirok etishi mumkin boʻladi. Shahar jamoat transportida I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul xizmat koʻrsatiladi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni madaniy tadbirlar, koʻngilochar tomosha va marosimlarga jalb qilish boʻyicha amaliy choralar koʻriladi.

Taqdimotdagi yana bir taklif Jahon banki ishtirokidagi 'Inson' loyihasi haqida boʻldi. Bu loyiha aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan boʻlib, uning doirasida 55 ta koʻpfunksiyali hududiy xizmatlar markazi tashkil etiladi va 20 turdagi ijtimoiy xizmat yoʻlga qoʻyiladi. Toshkent, Fargʻona va Samarqandda 4 ta namunali inklyuziv kasb-hunar taʼlimi markazlari tashkil etiladi.

Besh ming nafar xodimning ijtimoiy ish boʻyicha malakasi oshiriladi. Moslashuvchan ijtimoiy xizmat va yordam boʻyicha normativ-huquqiy baza shakllantiriladi.

Sohadagi yana bir yangilik 'ijtimoiy karta' tizimining joriy etilishi boʻladi. Bu orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari toʻliq avtomatlashtiriladi. 'Ijtimoiy karta' bir vaqtning oʻzida ham toʻlov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdigʻi hisoblanadi.

Bu tartib dastlab Toshkent shahri va Yangiyoʻl tumanida, keyingi yildan boshqa hududlarda joriy etiladi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordamlar va 200 ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga umumlashtiriladi. Qogʻoz shaklidagi hujjatlar bekor qilinib, vaqt va mablagʻ tejaladi. Soha toʻliq raqamlashtirilishi orqali har bir oilaning ehtiyojlari va imkoniyatlarini aks ettiradigan 'ijtimoiy-raqamli pasporti' joriy etiladi.

Davlatimiz rahbari bu borada tegishli hujjatlarni ishlab chiqib, samarali joriy etish, ehtiyojmand insonlarning hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:21
 
15
0
xs.uz

Ayrim tovarlar va xizmatlar boʻyicha QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida'gi Farmoni qabul qilindi.Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 1-yanvardan yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisob

08 Sep 16:44
 
23
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tarmoq korxonalariga yagona talab – sifat, tannarx va raqobat

Bugun, 5-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida elektrotexnika tarmogʻiga oid koʻp masalalar oʻz'yechimini topdi. Masalan, faktoringdan eng koʻp foydalanuvchi ham elektrotexnika korxonalari. Yil yakunigacha sohaga kamida 30 million dollarlik faktoring uchun resurs jalb qilinadi.Hozirda tashqi qarz hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda chetdan kirayotgan tovarlar bojxona boji va QQSdan ozod qilingan. Lekin bu loyihalar

09 Oct 12:39
 
15
0
xs.uz

Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti

26 Aug 12:29
 
31
0
xs.uz

“Chorsu” bozoridagi kiyim doʻkonida yongʻin sodir boʻldi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 'Chorsu' bozorida yana yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. FVB holat yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, 25-avgust kuni soat 20:48 da Toshkent shahar FVBga Shayxontohur tumani Zarqaynar koʻchasida joylashgan doʻkonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, alanga soat 21:06 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida kiy