calendar 10 Jul 20:59
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Suiqasddan so‘ng ishga chiqqan Fitso Kiyevga telefon qildi

image

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso o‘ziga nisbatan uyushtirilgan suiqasddan so‘ng ilk bor hukumat yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.

Suiqasddan deyarli ikki oy o‘tib hukumatning 42-yig‘ilishi uchun Bratislava shahriga kelgan Fitso qo‘ltiq tayoq bilan majlisda qatnashgan.

“Progressiv va liberal ommaviy axborot vositalari hamda muxolifatga murojaat qilmoqchiman. Omon qolganim uchun afsusdaman, lekin men qaytib keldim”, deya kinoyali post qoldirgan Fitso o‘zining Facebook'dagi sahifasida.

TASR agentligining yozishicha, Fitso Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal bilan ham telefon orqali gaplashib, Rossiyaning yaqinda Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga hujumidan so‘ng Ukrainadagi saraton kasalligiga chalingan bolalarni Slovakiyaga olib kelish va davolashni taklif qilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 may kuni Slovakiya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng Bosh vazir Robert Fitso tashqarida yig‘ilganlar oldiga chiqqanida, unga qarata o‘q uzilgandi. Oqibatda Bosh vazir yerga yiqilib, uning ko‘krak sohasi va qorin qismiga jarohat yetkazilgandi. Shundan so‘ng, Fitso zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi rahbari Matush Shutay-Eshtok esa Fitsoga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan Yuray Sintula hech qanday radikal guruhga a’zo bo‘lmagani, ammo hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashganini bildirdi. Sintulaning o‘zi hujumni bir necha kundan beri rejalashtirganini tan olgandi. Mamlakat Bosh prokurori Maros Zilinkan Bosh vazirga qilingan suiqasdni terrorchilik hujumi sifatida baholadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Slovakiya Bosh vaziri suiqasddan keyin birinchi marta ko‘rinish bergani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 12:42
 
93
0
qalampir.uz

Tojikistonda go‘sht narxi qimmatladi

Tojikiston aholisining mol va qo‘y go‘shtiga ehtiyoji go‘sht narxining yuqorilashiga sabab bo‘ldi. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nigora Anvariy ma’lum qildi. Qayd etilishicha, vazir o‘rinbosari shu xususida matbuot anjumani o‘tkazib, go‘sht narxi mamlakatda qimmatlagani sababini tushuntirgan. “Hozir biz aholini 99,9 foiz go‘sht bilan ta’minlayapmiz, lekin uning narxi tushmayotganining sababi bozor talabining oshishi va xorijdan ozu

18 Jul 18:30
 
108
0
qalampir.uz

Merkel ketganidan keyin Germaniyadagi sharoit yomonlashdi – so‘rovnoma 

Germaniyalik saylovchilarning aksariyati Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimidan ketganidan keyin mamlakatdagi vaziyat yomonlashgan, deb hisoblaydi. Bu haqda YouGov jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan Merkelning 70 yilligiga bag‘ishlangan so‘rovnoma natijalarida so‘z boradi.    Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlarning 61 foizi Angela Merkel boshqaruvi tugaganidan keyin Germaniyada turmush sharoiti yomonlashgan, deb hisoblaydi. So‘rovnomada ishti

26 Jul 10:19
 
51
0
qalampir.uz

AQSHdagi avtohalokatda o‘zbekistonlik trak haydovchisi halok bo‘ldi

AQSHdagi I-10 avtomagistral yo‘lida harakatlanayotgan 18 g‘ildirakli yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi va oqibatda o‘zbekistonlik 38 yoshli haydovchi Jamoliddin Tohirov halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.  “Jamol aka qarindoshim. Vatanga qaytmoqchi edi, avgust-sentyabr oylarida qaytishni rejalashtirayotgandi. O‘zbekistonga qaytib buvimni duolarini olib kelaman, deb yurgandi. Har kuni gaplashardik, lekin so‘nggi 2-3 kun aloqa qilmadi

27 Jul 20:32
 
58
0
qalampir.uz

Isroil G‘azodagi yana bir maktabga hujum qildi. Qurbonlar bor

Bugun, 27 iyul kuni Isroil qo‘shinlarining G‘azo markazidagi Dayr al-Baladagi maktabga bergan zarbasi oqibatida kamida 30 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylariga tayanib, “Arab News” xabar berdi. Eng ko‘p ko‘chirilgan oilalar yashovchi Dayr al-Baladagi maktabga qilingan zarbada yana 100 dan ortiq kishi jarohat olgan. Qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir. Isroil Mudofaa vazirligi esa, aksincha, HAMAS g