calendar 10 Jul 17:29
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda kalamushlar nega ko‘paydi? (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan “Chilonzor” metro bekati yaqinida kalamushlarning yurgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videodagi holat bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, holatning kelib chiqishiga fuqarolar tomonidan chiqindilarni maxsus joylarga tashlamaslik sabab bo‘lgan. Buning oqibatida zararkunandalar ko‘payishi davom etmoqda.
 

Bildirilishicha, hududda dezinfektorlar tomonidan deratizatsiya (kemiruvchilarga qarshi zararsizlantirish) hamda dezinseksiya ishlari amalga oshirilgan.

“Shahar shoh ko‘chalarini dezinfeksiya qilish, shuningdek, irrigatsiya tarmoqlarida tozalash, chiqindilarni vaqtida olib ketish ishlari tuman Obodonlashtirish bo‘limlari tomonidan olib borilishi lozim. Xususan, ko‘p qavatli uylar va tadbirkorlik shoxobchalarini zararsizlantirish ishlari dezinfeksiya tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:43
 
25
0
xs.uz

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli bunyodkorlar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O'zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun tantanali tadbir tashkil etildi. Unda davlatimiz rahbarining quruvchilarga tabrigini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi o'qib eshittirdi. Qutlovda so'nggi yillarda yurtimiz ulkan qurilish va bunyodkorlik makoniga, qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biriga ayl

17 Jul 23:18
 
99
0
qalampir.uz

Ombudsmanning vakolatlari kengaymoqda

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘z oldida turgan vazifalarini moneliksiz va samarali amalga oshirishi uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilanmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasida so‘z boradi. Bugun, 17 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organla

17 Jul 11:20
 
67
0
xs.uz

Bundan buyon tuman hokimlari oʻz hududida mahsulotni koʻpaytirish boʻyicha hisobdor boʻladi

Prezidentimiz iqtisodiyot, moliya va kambagʻallikni qisqartirish kompleksidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.Fargʻona viloyati misolida juda katta resurslar hali ishga solinmagani tahlil qilindi.Bundan buyon tuman hokimlarining oʻz hududida mahsulotni koʻpaytirish boʻyicha hisobdorligi boʻlishi belgilandi.Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hududiy ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha 10 ta hisobdorlik koʻrsatkichini belgilash topshirildi.Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon

17 Jul 12:53
 
89
0
xs.uz

Sogʻliqni saqlash vaziriga imkoniyati cheklangan shaxslar boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

Qayd etilishicha, asosiy vazifalari nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirishdan, nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirishdan iborat boʻlgan 3 ta shtat birligidan iborat shoʻba tashkil etiladi.Bildirishicha, VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK koʻrigi uchun tibbiy