calendar 17 Jul 23:18
eye 102
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ombudsmanning vakolatlari kengaymoqda

image

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘z oldida turgan vazifalarini moneliksiz va samarali amalga oshirishi uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilanmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasida so‘z boradi.

Bugun, 17 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan ushbu qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasi 9 bob, 56 moddadan iborat. Qonun loyihasi bilan Ombudsmanning institutsional asoslarini mustahkamlash maqsadida xalqaro tajribani o‘rgangan holda unda Ombudsman o‘z oldida turgan vazifalarini moneliksiz va samarali amalga oshirishi uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilanmoqda.

Shuningdek, Ombudsmanning faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruza Oliy Majlis palatalarining majlislarida har yili eshitilishi nazarda tutilmoqda. Davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risida Ombudsman tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis palatalariga axborot taqdim etish tartibi mustahkamlanyapti.

Ishchi guruh yig‘ilishida qonun loyihasidagi normalar deputatlar, Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda mutaxassislar ishtirokida atroflicha muhokama qilingan. Yakunda ishchi guruh tomonidan qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun kiritishga kelishib olingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
57
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istondagi mudhish YTHda 8 kishi halok bo‘ldi (video)

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 iyul kuni soat 19:05 larda tumandagi “Yelabat PPJ” hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 891-892-kilometrida 1994 yilda tug‘ilgan, Qo‘ng‘irot tumanida yashagan M.N o‘zining La

26 Jul 10:21
 
47
0
xs.uz

Zangiota-2 shifoxonasi oʻrnida Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

Unga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining boʻsh turgan bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:Toshkent shahar hokimligining 'Toshkent' MFY Yangi aylanma yoʻli manzilida joylashgan Zangiota-2 shifoxonasi oʻrnida davlat byudjetidan moliyalasht

03 Sep 21:35
 
5
0
xs.uz

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi elchisi tayinlandi

Baxtiyor Ibragimov Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo' AA xabar bermoqda.Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning yangi elchisi ' Baxtiyor Ibragimov 51 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Rossiya tashqi savdo akademiyasini tamomlagan.U mehnat faoliyatini 1994-yilda Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) markaziy apparatida boshlagan. Ibragimov u yerda yeta

19 Jul 17:09
 
48
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi: sudya tergovchiga nisbatan xususiy ajrim chiqardi

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va uning sheriklariga oid ishni ko‘rgan sudya dastlabki tergovni olib borgan tergovchi ustidan xususiy ajrim chiqargan. Bu haqda sudda qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Tolibjon Obidovning ma’lum qilishicha, sud dastlabki tergov organi tomonidan tergovni olib borishda yo‘l qo‘ygan protsessual xatoliklar ustidan tergov