calendar 10 Jul 17:18
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tahdid tufayli AQSH bazalarida xavfsizlik kuchaytirildi – CNN

image

AQSHning Yevropadagi harbiy bazalari iyun oyi oxirida “Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan tuzilmalar” AQSH harbiy kontingentiga qarshi qo‘poruvchilik qilishi mumkinligi haqidagi ma’lumot tufayli yuqori shay holatga keltirildi. Bu haqda kecha, 9 iyul kuni masaladan xabardor manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida AQSH razvedkasi Rossiya “AQSH bazalari va harbiy xizmatchilarni proksi-hujumlarni amalga oshirish imkoniyatlari sifatida ko‘rib chiqayotgani” haqida ma’lumot olgan. Bu ma’lumot “qo‘shimcha xavfsizlik protokollarini” talab qilish uchun “yetarli darajada tashvishli” deb hisoblangan.

Ma’lumot uchun, CNN telekanali 30 iyun kuni ham AQSHning Yevropadagi qator harbiy bazalari shay holatga keltirilgani haqida xabar bergan. Xususan, AQSHning Yevropa qo‘mondonligi (USEUCOM) shtab-kvartirasi joylashgan Shtutgartdagi Amerika bazasida qurolli kuchlar himoyasi Charli darajasiga qadar kuchaytirilgan.

AQSH armiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, bu daraja “terrorchilik hujumi yoki harbiy xodimlar yoki inshootlarga hujum qilish ehtimolini ko‘rsatuvchi razvedka ma’lumotlari mavjud bo‘lganda” qo‘llaniladi.

Kanal suhbatdoshlaridan biri bu darajadagi tahdid “kamida 10 yil davomida” kuzatilmaganini ta’kidladi.

AQSHning Yevropadagi qo‘mondonligi harbiy bazalarda xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga nima sabab bo‘lganini to‘g‘ridan to‘g‘ri izohlashdan bosh tortdi. Biroq USEUCOM vakili Den Dayning ta’kidlashicha, “hushyorlikning kuchayishi biron bir tahdid tufayli emas, balki AQSH kuchlarining Yevropa teatridagi xavfsizligiga potensial ta’sir ko‘rsatadigan omillarning kombinatsiyasi bilan bog‘liq”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
139
0
xs.uz

Misrdan Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi

Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit Chtml5-dom-document-internal-entity2-39-endga qarshi dori vositasining 2025-yildagi ilk partiyasi yetkazildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonda C gepatitini 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbar

17 May 21:47
 
60
0
xs.uz

Putin Istanbulga kelmaydi. Muzokaralar haqida nima maʼlum?

Bugun, 15-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan delegatsiyaga uning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.Muzokaralar Turkiya iltimosiga koʻra kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgan. Avvaliga Vladimir Zelenskiy Anqarada Rejep T

31 May 08:50
 
38
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su

17 May 21:47
 
70
0
xs.uz

Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov

Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozili