calendar 10 Jul 16:48
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda yigit ayolining sobiq erini 24 marta pichoqlab o‘ldirdi (video)

image

Toshkent shahar Bektemir tumanida yigit ayolining sobiq erini 24 marta pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 1997 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 1998 yilda tug‘ilgan shar’iy nikohidagi ayolining sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalaridagi ziddiyatli holatlarga barham bermoqchi bo‘lgan. Shu maqsadda Bektemir tumanidagi savdo majmuasi oldida u bilan uchrashgan. 

Sudlanuvchi jabrlanuvchiga 24 marta o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazgan. Ushbu holat esa savdo majmuasidagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Tez yordam xodimlarining harakatiga qaramasdan, yigit voqea joyida vafot etgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sudda sudlanuvchi bo‘lib o‘tgan holatlar yuzasidan ma’lumot berishni istamadi. 

“Oilasidan ham kechirim so‘rayman. Bunday bo‘lishini xohlamagan edim. Uzr so‘raganim bilan baribir qaytib kelmaydi. Kechira olsangiz, kechiring”, deydi aybdor. 

Erkak sud hukmi bilan 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida xotinini o‘ldirib qo‘ygan erkak 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
22
0
xs.uz

Har bir hududda “Hunarmandlar sanoat markazi” tashkil etiladi

2025-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi 'Hunarmand' uyushmasi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida '2024-yil hunarmandchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil rejalari' mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.Matbuot anjumanida 'Hunarmand' uyushmasi rahbar xodimlari, hunarmandlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Soʻnggi yillarda mamlakatimizdagi usta-hunarmandlar soni 7 barobarga, shogirdlar soni 9 b

31 Jan 15:21
 
19
0
xs.uz

Islom sivilizatsiyasining, islom taʼlimotining zamini – aslida ilm-fan, madaniyat, taʼlim va tarbiyadir – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.Bu majmua tariximizda ilgari boʻlmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirgan.Ushbu markaz Prezidentimizning 2017-yil 23-iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018-yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari uning poydevoriga tamal toshi qoʻygan edi.Bagʻoyat ulugʻvor markaz binosi uch q

31 Jan 15:21
 
23
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev ulkan va noyob loyiha - Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.Bu majmua tariximizda ilgari bo'lmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirgan.Ushbu markaz Prezidentimizning 2017 yil 23 iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018 yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari' uning poydevoriga tamal toshi qo'ygan edi.Bag'oyat ulug'vor markaz binosi uch qavat

31 Jan 15:20
 
23
0
xs.uz

Aholi murojaatlari ijobiy yechim topmoqda

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Shu kunlarda Andijon viloyatida respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda. Ular tomonidan tanlab olingan mahallalarda 'Obod xonadon ' obod koʻcha ' obod mahalla' mezoni doirasidagi saʼy-harakatlarni shakllantirish, kambagʻallikni qisqartirish, aholi murojaatlarini oʻrganish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, islohotlar samaradorligini oshirishga koʻmaklashilmoqda.Baliqchi tumanidagi 'Ilgʻor' mahallasida yashovchi fuqarolarning elektr ener