calendar 26 Jul 10:20
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

image

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan.

Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan jamoat joyi hisoblanadigan IIO FMB binosiga kirish ko‘chasida baqir-chaqir qilib, har xil uyatsiz so‘zlar bilan so‘kinib, jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzgan.

“Sud huquqbuzar R.A.ning mazkur huquqbuzarlikni sodir qilganligi, uning o‘z qilmishiga iqrorlik bildirib bergan ko‘rsatuvidan tashqari, IIO xodimining bildirgisi, guvohlarning tushuntirish xati, ish materiallaridagi dalolatnoma, sud majlisi jarayonida aniqlangan holatlar hamda ish materiallarida mavjud bo‘lgan boshqa dalillar bilan ham to‘liq tasdiqlangan, deb hisoblagan”, deyiladi xabarda.

Sud qarori bilan huquqbuzar R.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben-Hillel o‘z missiyasini yakunlayotgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
35
0
qalampir.uz

Dollar kursi yana ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,96 so‘mga oshdi va 12 634,00 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 23,61 so‘mga ko‘tarilib, 13 710,42 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 2,51 so‘mga oshib, 148,62 so‘mni tashkil etdi.

27 Jul 10:44
 
64
0
qalampir.uz

Xorazmda bog‘cha opa 3 yashar bolani kaltakladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchi bola kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma’lumot berdi. Aniqlanishicha, holat joriy yilning 25 iyul kuni haqiqatdan ham Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Yetkazilgan jarohat darajasini aniqlash maqsadida 2021 yilda tug‘ilgan 3 yoshli I.S. ismli qizga sud-tibbiy ekspertizasi tayinl

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kunlar keskin isib ketishi sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan quyosh urishi holatlaridan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ma’lumki, ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8

23 Jul 11:03
 
57
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda NATO standartlari asosida harbiy mashina ishlab chiqildi

O‘zbekistonda Mudofaa sanoati agentligi tomonidan NATO standartlari asosida yangi “Arslon” zirhli harbiy mashina ishlab chiqildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.  Ma’lum qilinishicha, mashina sakkiz desantchi va uch kishilik ekipajni o‘z ichiga sig‘dira oladi. To‘rt o‘qli ushbu harbiy mashinaning old tarafi kalibri 30 mm bo‘lgan zirh teshuvchi snaryadlardan himoya qilishga mo‘ljallangan. Yon tarafdagi zirhi esa 4,5 mm kalibrli o