calendar 10 Jul 13:02
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ispaniya Yevro-2024'ning ilk finalchisiga aylandi

image

Ispaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionatining birinchi yarim final uchrashuvida Fransiya terma jamoasini mag‘lub etdi.

Raqiblar Myunxen Arenada to‘qnash keldi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi, barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi. Dastlab fransuzlar oldinga chiqib oldi, Randal Kolo Muani gol urdi (9 daqiqa).

Keyin ispanlar Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylangan Lamin Yamalning (21) sa’y-harakatlari evaziga hisobni tenglashtirdi. Dani Olmo esa (25) g‘alaba to‘pini kiritdi.

Ispanlar 2012 yildan beri ilk bor Yevro finaliga chiqdi. Ular hal qiluvchi bahsda Niderlandiya yoki Angliya bilan o‘ynaydi.

Agar finalda g‘alaba qozonsa, Ispaniya yakka o‘zi Yevropa chempionatlari tarixidagi eng titulli jamoaga aylanadi. Hozircha u xuddi Germaniya kabi uchta sovringa ega.

Reglamentda uchinchi o‘rin uchun o‘yin ko‘zda tutilmagani uchun Fransiya terma jamoasi Yevro-2024 bronza medali sovrindoriga aylandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
11
0
postda.uz

ТУЯЛАРГА НЕГА ИЛОН ЕДИРИЛАДИ?

Саҳрода араблар ушбу усулни нима сабабдан қўллашади? Бир қарашда, бу жуда ғалати ва ҳатто шафқатсиз туюлиши мумкин. Кимдир буни жазо чораси деб ҳам ўйлайди. Лекин аслида бунинг ўзига хос сабаби бор. Саҳрода туялар орасида ўта хавфли бир касаллик учрайди, уни сурра (су-ауру)

25 Sep 13:14
 
13
0
xs.uz

Zelenskiy AQSHda. U nima maqsadda bordi?

Rossiyaning Ukrainadagi ikkinchi yirik shahri Xarkovga hujumi oqibatida 21 kishi yaralandi, ularning orasida 8 yoshli bola ham borligi aytilmoqda. Yaradorlardan ikki nafarining ahvoli ogʻir. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya oddiy turarjoy binosini nishonga olish uchun 'Glide' bombalardan foydalanganini taʼkidladi. Viloyat gubernatori aytishicha, hujum sodir boʻlgan paytda odamlar uyquda boʻlgan. Xarkov shahar kengashining maʼlum qilishicha, hujum oqibatida 18 ta bino zarar koʻ

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi

Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

AQSHda Zelenskiy Rossiya bilan yarashishga chaqirildi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro holatiga izoh berdi.Shu oʻrinda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara olib borishga chaqirdi.'Tinchlaning, ahmoqlar!' ' deb yozdi Makgregor oʻzining 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Ukraina rahbarining Ukraina Rossiya bilan tinchlik uchun 'oʻz suvereniteti va hududlarini almashmasligini' taʼkidlagan soʻzlariga javoban.Avvalroq, AQSH Davlat departamenti Ukraina boʻyicha m