Саҳрода араблар ушбу усулни нима сабабдан қўллашади? Бир қарашда, бу жуда ғалати ва ҳатто шафқатсиз туюлиши мумкин. Кимдир буни жазо чораси деб ҳам ўйлайди. Лекин аслида бунинг ўзига хос сабаби бор. Саҳрода туялар орасида ўта хавфли бир касаллик учрайди, уни сурра (су-ауру) деб аташади. Туя бу касалликка чалинганида еб-ичишдан тўхтайди, қуёш кўтарилганидан то ботгунича кўзларини кўкка қадаганча қотиб туради ва жон таслим қилгунига қадар шу ҳолатда қолади. Агар даволанмаса, туя бир неча кун ичида нобуд бўлади. Энг ёмони, касаллик бошқа туялар орасида ҳам тез тарқалади. Бу касалликни даволаш учун туяга заҳарли тирик илон едирилади, кейин эса кўзидан ёш ажралиб чиққунича сув ичирилади. Ушбу кўз ёшлари туялар азоб чекадиган бир қанча касалликларга қарши зардоб вазифасини ўтайди. Бир неча кундан кейин туя одатда ўзига кела бошлайди.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади.
Xitoy hukumati aholi oʻrtasida oʻrganish oʻtkazadi
Xitoy hukumati jamiyatda davom etayotgan demografik oʻzgarishlarni aniqlash uchun aholi oʻrtasida oʻrganish oʻtkazishni rejalashtirmoqda.Aniqlik kiritilishicha, oʻrganish 10-oktyabrdan 30-noyabrgacha boʻlib oʻtadi.Hukumat yoshi, millati, taʼlim darajasi, ichki migratsiya holati, yashash joyi, oilaviy ahvoli, bandligi, bolalari borligi va boshqa koʻrsatkichlarni oʻrganish niyatida.Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda Xitoyda aholining qarishi va tugʻilish darajasining pasayishi tendensi
Yerga yaqinlashgan asteroid yonib ketdi
Olimlar kichik asteroidni Yer atmosferasida yonib ketishidan ikki soat oldin topdilar. U sayyoramiz tomon uchayotgan samoviy jismlarni kuzatuvchi monitoring tizimlarini chetlab oʻtishga muvaffaq boʻldi. Asteroidga 2024 UQ nomi berildi. Uning diametri 1 metrdan oshmagani uchun u hech qanday xavf tugʻdirmadi. 22-oktabr kuni asteroid 'Asteroid oxirgi ogohlantirish tizimi' (ATLAS) tomonidan aniqlangan. Bu Gavayidagi toʻrtta teleskopdan iborat tarmoq boʻlib, ular doimiy ravishda osmonni ha
Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroga barham berish rejasini tayyorlamoqda
Bayden va uning vazirlari buni oldini olishi mumkinmi?Donald Tramp AQSH prezidentligi saylovidagi gʻalabasini nishonlagandan soʻng, uning jamoasi allaqachon Ukrainadagi mojaroga tezda barham berish rejasini muhokama qila boshlagani maʼlum boʻldi. Biroq siyosatchi bu rejasini inauguratsiyadan bir necha oy oʻtibgina amalga oshirishi mumkin. Ungacha amaldagi prezident Jo Bayden Vashingtonning tashqi siyosatini belgilashda davom etadi va u Trampga rejasini amalga oshirishga toʻsqinlik qilishi
Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi
Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir