calendar 18 Nov 04:58
eye 8
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yerga yaqinlashgan asteroid yonib ketdi

image
Olimlar kichik asteroidni Yer atmosferasida yonib ketishidan ikki soat oldin topdilar. U sayyoramiz tomon uchayotgan samoviy jismlarni kuzatuvchi monitoring tizimlarini chetlab oʻtishga muvaffaq boʻldi. Asteroidga 2024 UQ nomi berildi. Uning diametri 1 metrdan oshmagani uchun u hech qanday xavf tugʻdirmadi. 22-oktabr kuni asteroid 'Asteroid oxirgi ogohlantirish tizimi' (ATLAS) tomonidan aniqlangan. Bu Gavayidagi toʻrtta teleskopdan iborat tarmoq boʻlib, ular doimiy ravishda osmonni harakatlanuvchi obyektlarni tekshiradi. Ikki soatdan keyin asteroid Tinch okeani ustidagi atmosferada yonib ketdi. Teleskoplar asteroidni sayyoraga toʻgʻridan-toʻgʻri yaqinlashgandan keyingina 'sezdi'. Olimlarning tushuntirishicha, ATLAS toʻqnashuv ehtimoli yuqori boʻlgan jismni oʻz vaqtida aniqlay olmagan, chunki u ikki qoʻshni maydon chegarasi yaqinida joylashgan. 2024 UQ bu yil Yer bilan toʻqnashgan uchinchi obyektdir. Kengligi taxminan bir metr boʻlgan 2024 BX1-yanvarda Berlinda yonib ketgan, 2024 RW1 sentabr oyida Filippinda portlagan. Olimlar nafaqat asteroidlarni kuzatish texnologiyalarini, balki Yer uchun xavfli obyektni boshqa yoʻnalishga yoʻnaltirish qobiliyatini ham ishlab chiqmoqda. 2022-yilda NASA kosmik apparati ikkilik asteroid tizimiga qulab tushdi va Dimorf nomli obyektni orbitadan burib yubordi. Toʻqnashuv tezligi soatiga 22 ming kmdan oshdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Nov 01:37
 
12
0
xs.uz

Putinning Germaniya bilan muloqoti NATOni norozi qildi

Germaniya kansleri Olaf Sholsning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti NATOda keskin tanqidlarga sabab boʻldi. Polsha Bosh vaziri Donald Task bu qoʻngʻiroqni 'faqatgina telefon diplomatiyasi' deb atab, uni real yordam oʻrnini bosa olmasligini taʼkidladi. Unga koʻra, Gʻarbning haqiqiy qoʻllab-quvvatlovi Ukrainaga zarur. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Qayd etish kerakki, Moskva soʻnggi hujumda Ukrainaga 120 ta raketa va 90 ta dron yuborgan. Unga koʻra,

11 Nov 03:18
 
11
0
xs.uz

Olimlar: AQSHda 9 magnitudali zilzila va 30 metrli sunami qayd etiladi

Mutaxassislar Qoʻshma Shtatlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kuchli kataklizm belgilarini aniqladi. Mamlakatda 9 magnitudali zilzila va 30 metrli sunami boʻlishi mumkin.Olimlar Kanada janubidan Kaliforniya shimoligacha choʻzilgan Kaskad togʻlarini oʻrganib chiqdilar va AQSH-Kanada chegarasidan Kaliforniya shimoligacha boʻlgan 970 kilometrlik yoriq boʻylab toʻrtta alohida segmentni aniqladilar. Mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda bu hududda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan zilzil

18 Nov 04:58
 
10
0
xs.uz

Tramp sogʻliqni saqlash uchun kichik Kennedini tanladi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan prezidenti Donald Tramp munozarali siyosatchi va vaksinaga shubha bilan qaraydigan kichik Robert Kennedini Sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish kotibi etib tanladi. Kichik Kennedi oʻzining saylovoldi kampaniyasini toʻxtatib, Respublikachi nomzodni qoʻllab-quvvatlagan edi.'Men kichik Robert Kennedini Qoʻshma Shtatlar sogʻliqni saqlash va aholiga xizmat koʻrsatish vaziri deb eʼlon qilishdan juda xursandman', ' deb yozgan Tramp oʻzining '

01 Nov 21:30
 
29
0
xs.uz

Xitoy uchun kim yaxshiroq: Harris yoki Tramp?

AQSHdagi prezidentlik saylovi gʻolibi dunyodagi ikki yirik iqtisodiyot va raqib kuchlar AQSH hamda Xitoy oʻrtasidagi bahsli munosabatlarga katta taʼsir oʻtkazishi mumkin. Biroq saylov yangiliklari qattiq senzuralangan Xitoyda aholi u yoki bu nomzodning gʻalabasi ikki davlat oʻrtasidagi keskinlikni yumshata olishiga unchalik ham ishonmaydi. Chunki ular har qanday holatda ham AQSH Xitoyning global sahnadagi yuksalishini cheklashga harakat qilishiga ishonadi.Pekin Trampning Xitoy mahsulotlari