calendar 10 Jul 11:59
eye 137
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda kiberhujum orqali milliardlab pulni o‘marmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi (video)

image

Toshkentda bank hisob raqamlari hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan pul mablag‘larini xakerlik hujumi orqali noqonuniy o‘zlashtirishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi banklardan birining sobiq xodimi hozirgi kunda mazkur bankda mutaxassis lavozimida ishlovchi tanishidan bankning dasturiy ta’minoti va hisob raqamlariga kirish imkoniyatini beruvchi kodlarni 6500 AQSH dollari evaziga sotib oladi.

So‘ngra, u Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlari uchun 3 marotaba sudlangan shaxs hamda Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, dastlab bank hisob raqamlarida hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan jami 370 mlrd so‘m mablag‘ni xaker jalb qilgan holda o‘g‘irlashni, keyin esa offshor hududlar orqali chet eldagi tanishlariga tegishli hisob raqamlarga o‘tkazishni reja qilishadi.

Qonunbuzarlar 189 mlrd so‘mni chet el valyutasiga konvertatsiya qilishga va offshor hududlar orqali xorijdagi hisob raqamiga o‘tkazishga uringan vaqtlarida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ular o‘zlarining qabih niyatlari amalga oshgan taqdirda, go‘yoki bankning dasturiy ta’minotiga chet eldan xakerlik hujumi bo‘lganligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot tarqatishni rejalashtirishgan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
58
0
xs.uz

Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.Davlatimiz rahbari bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik oʻzgarishlar boʻlayotganini qayd etdi.'Kecha viloyatdagi ishlar bilan tanishdim, oddiy odamlar bilan gaplashdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bu zaminda Yangi Oʻzbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan.Bu ' islohotlarimizning eng katta natijasi, desak, toʻgʻri boʻ

22 Mar 08:54
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi

Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y

20 Mar 12:53
 
49
0
xs.uz

Qadriyatlarga hamohang ayyom

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30

22 Mar 08:54
 
55
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasidagi do'stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning eng dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi.O'tgan yil avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining O'zbekistonga davlat tashrifida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlik bo'yicha rejalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.Iqtisodiy hamkorlik yili doirasida birgalikda samarali ishlar olib borilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd