calendar 10 Jul 09:54
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olmagan – Energetika vazirligi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olgani qayd etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu xabar mutlaqo noto‘g‘ri. 

“Ijtimoiy tarmoqlarda elektr hisoblagichlar aholiga ortiqcha iste’mol va pul hisoblayotganligi to‘g‘risida murojaatlarning har biri Energetika vazirligi hamda tizim tashkilotlari tomonidan alohida nazoratga olinib, har bir murojaat joyiga chiqqan holda mualliflar ishtirokida o‘rganilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘rganishlar jarayonida aholiga ortiqcha iste’mol va pul hisoblayotganligi aniqlanmagan”, deyiladi xabarda.

Vazirlik ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan aholi orasida shubha uyg‘otuvchi ma’lumotlarni chiqarmasliklarini so‘ragan holda “bu kabi tasdiqlanmagan xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini” eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Energetika vazirligi O‘zbekistonda iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilganini ma’lum qilgan va shu bois yaqin istiqbolda iste’molchilarga qo‘llanilayotgan oylik 200 kVt·soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emasligini bildirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
32
0
qalampir.uz

10 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi

Toshkent viloyatida farzandini 2 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona 8 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, holat 2024 yil 29 mart kuni Qibray tumanida sodir bo‘lgan. 1989 yilda tug‘ilgan Z.A.ning 13 yoshli o‘g‘li va 10 yoshli qizi bo‘lgan. Turmushidan ajralgan ayol ijara asosida Chirchiq shahrida yashab kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol uyida 2014 yilda tug‘ilgan qiz farzandini 2 ming AQSH dollariga sotishga ke

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Paxta-toʻqimachilik klasterlariga tegishli Prezident farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar qildi.Maʼlum boʻlishicha, farmonga koʻra, paxta-toʻqimachilik klasterlarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan bir qator choralar belgilanmoqda. Xususan, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit resurslari hisobidan 2023-y

03 Sep 21:34
 
10
0
xs.uz

Prezident Rossiyadagi YTHda halok boʻlgan oʻzbekistonliklarning jasadini Vatanga olib kelish boʻyicha topshiriq berdi

Avvalroq Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati Navashinskiy tumanida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus yoʻl-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur YTHda halok boʻlganlarning jasadini Vatanga qaytarish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar bermoqda.Dastlab hodisa oqibatda sakkiz nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgani aytildi, biroq keyinchalik ulardan yetti nafari Oʻzbekiston fu