calendar 09 Jul 16:20
eye 126
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanmoqda

image

O‘zbekistonda hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilgan va birinchi o‘qishda qabul qilingan “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida so‘z boradi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yangi tahrirdagi Konstitutsiyada xalq deputatlari kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qilishi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emasligini nazarda tutuvchi yangi norma o‘z aksini topgan.

Shu bilan birga, yangi konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda hokim va mahalliy kengash raisi lavozimlari ajratilayotgani amaldagi qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga hokimlar hamda mahalliy kengashlarning vakolatlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • mahalliy kengashlar faoliyatiga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi;
  • xalq deputatlari kengashi raisi o‘z vazifalarini bajarish davrida doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emasligi;
  • kengashlar yig‘ilishlarida hokim nomzodi ko‘rib chiqilayotganida nomzod mahalliy kengash deputatlariga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi shartligi;
  • mahalliy kengash va hokim qabul qiladigan hujjatlar Yagona elektron tizimda (E-qaror.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tkazilishi va tizimga joylashtirilishi, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlarning haqiqiy emas deb hisoblanishi belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mahalliy kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, hokimlarning xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasidagi hokim va mahalliy kengash raisi vazifalarining ajratilishi bilan bog‘liq qoidalar viloyatlar va Toshkent shahrida 2024 yilgi saylovlar yakunlari bo‘yicha, tuman va shaharlarda esa 2026 yil 1 yanvardan e’tiboran amalga kiritiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
46
0
xs.uz

Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo

20 Mar 12:54
 
44
0
xs.uz

Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi — Prezident

Qayd etilishicha, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.'Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi. Buncha katta mablagʻ ilgari hech qachon boʻlmagan', dedi davlatimiz rahbari.Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion soʻmlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion soʻm yoshlarga, yana shunchasi ay

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby

20 Mar 12:53
 
48
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19