calendar 09 Jul 09:11
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Modining Rossiyaga tashrifi AQSHni g‘azablantirishi mumkin –“Business Insider”

image

Bugun, 8 iyul kuni Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi saylovdagi g‘alabasidan keyin Moskvaga ilk tashrifini amalga oshirdi. Bu esa Qo‘shma Shtatlarning g‘azab otiga minishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Business Insider” nashri yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, Modining Rossiyaga borishi rasmiy Vashington Prezident Vladimir Putinni yakkalab qo‘yishga urinayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, Amerika rahbariyatini Hindiston borasida fikrlarini o‘ylab ko‘rishga undashi mumkin.

“Xuddi Putinning Vetnamga tashrifi kabi, Hindistonning Rossiya bilan o‘zaro hamkorligi Qo‘shma Shtatlar uchun yaxshi natija bermaydi, chunki bu Vashington Putinni yakkalab qo‘yishga urinayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda”, deyilgan nashr xabarida.

Shuningdek, Bosh vazirning Rossiya qilingan tashrifi butun dunyoga Nyu Dehli o‘z kun tartibini himoya qilishdan qo‘rqmasligini ko‘rsatadi. Hattoki, Modi X sahifasida rus tilida tvit qoldirdi.

“Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi maxsus va imtiyozli strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga intilamiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi xalqlarimizga katta foyda keltiradi”, deb yozgan Hindiston Bosh vaziri.

Ayni paytda ham Modi Rossiyada bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Moskvadan keyin 9-10 iyul kunlari Hindiston Bosh vaziri Avstriyaga tashrif buyuradi, bu Hindiston hukumati rahbarining so‘nggi 40 yildagi birinchi tashrifi va Modining o‘zi uchun ham birinchi tashrif bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Moskvaga yetib borgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
26
0
xs.uz

Lukashenkoning MDH davlatlariga shikoyatlari va Kurskdagi magʻlubiyat (+video)

Belarus elchisi Qozogʻiston TIVga chaqirildiBelarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 'Rossiya' telekanaliga bergan intervyusidan soʻng Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Belarus elchisi Pavel Utyupinni idoraga chaqirgan.Lukashenko, jumladan, oʻz intervyusida sobiq ittifoq respublikalari ittifoqchilik munosabatlariga qaramay, birdamlik koʻrsatmayotgani va oʻzaro yordam koʻrsatmayotganini aytib, ikki yil avval KXSHT tinchlikparvar kuchlari ishtirok etgan Qozogʻistondagi miti

08 Sep 16:45
 
26
0
xs.uz

AQSH Bayden davrida yomonlashgan migratsiya inqirozi bilan zaharlandi — Tramp

Amerika Qoʻshma Shtatlari hozirgi Amerika maʼmuriyati davrida yomonlashgan migratsiya inqirozidan aziyat chekmoqda. Bu haqda AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Xarrisburgda (Pensilvaniya) saylovchilar bilan uchrashuvda aytib oʻtdi.'Bizning asosiy muammomiz bu AQSH hukumati mamlakatga ruxsat bergan 21 million odam. Ular mamlakatimizni zaharlashdi. Ular bu yerga qamoqxonalardan, psixiatrik shifoxonalardan kelishadi. Ular orasida terrorchilar ham bor', deya keskin bayonot berdi siyosatchi.Tr

20 Sep 00:23
 
28
0
xs.uz

Rossiyada vertolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Shu yilning 16-sentyabr kuni Amur viloyatida gʻoyib boʻlgan 'Robinson R66' rusumli vertolyoti halokatga uchragani maʼlum boʻldi. Hodisa oqibatida uning bortdagi uch kishi hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda Zeya tumani Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona navbatchi dispetcherlik xizmatiga tayanib, 'TASS' xabar berdi.'Vertolyot topildi, bortdagi uch kishi halok boʻlgan. Vertolyot favqulodda mayoq qoldirilgan joydan topildi', ' deyiladi xabarda.'112' telegram kanaliga koʻra, vertolyot bort

20 Sep 00:23
 
29
0
xs.uz

Ukrainaning “gʻalaba rejasi” ishlaydimi? AQSH oʻz munosabatini bildirdi

AQSH rasmiylari Ukrainaning yangi taklif etayotgan 'Gʻalaba rejasi'ga ishonch bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' xabar bermoqda.Qayd etilishicha, Rossiya bilan uzoq davom etgan mojaroga barham berish uchun ushbu loyiha eng samaralisi boʻlishi mumkin. Vashington Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan eʼlon qilingan reja 'haqiqiy, adolatli tinchlik'ni taʼminlashga qaratilganini iddao qilgan.Qayd etish kerakki, strategiyaning aniq tafsilotlari hali jamoatchilikka toʻliq oshkor etilmagan. A