calendar 06 Jul 22:41
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

HAMAS AQSH taklifini qabul qildi – “Reuters”

image

G‘azodagi urushni tugatish to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi bosqichidan 16 kun o‘tib, HAMAS AQSHning isroillik garovga olinganlarni, jumladan askar va erkaklarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash taklifini qabul qildi. Bu haqda bugun, 6 iyul kuni G‘azodagi hukmron tashkilotdagi manbasiga tayanib, “Reuters” agentligiga ma’lum qildi.

Guruh Isroilning kelishuvni imzolashdan avval doimiy sulh tuzish majburiyatini olishi haqidagi talabini rad etdi. U muzokaralarni olti haftalik birinchi bosqichda kelishuvga erishishga imkon beradi.

Xalqaro vositachilik guruhiga yaqin falastinlik mulozimning aytishicha, taklif Isroil tomonidan qabul qilinsa, asosli kelishuvga olib kelishi mumkin. Isroil muzokaralar guruhidagi ismi sir qolishini istagan manbaning aytishicha, endi kelishuvga erishish uchun real imkoniyat bor. Bu Isroilning o‘tmishdagi HAMAS shartlarini qabul qilib bo‘lmaydi, degan bayonotlaridan keskin farq qiladi.

Binyamin Netanyaxu idorasi muzokaralar kelasi hafta davom etishini tasdiqladi, biroq tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar hamon saqlanib qolganini ta’kidladi.

“Yangi taklif vositachilar kelishuvning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha bilvosita muzokaralar chog‘ida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish, yordam yetkazilishi va Isroil qo‘shinlarini olib chiqib ketilishini kafolatlashini nazarda tutadi”, dedi HAMASdagi manba.

Qay etilishicha, Vashington, Isroil va Qatar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar so‘nggi kunlarda faollashgan, bu esa HAMASning surgundagi rahbariyati qo‘nim topgan Dohadan vositachilik harakatlariga yetakchilik qilmoqda.

Mintaqaviy manbaning aytishicha, AQSH ma’muriyati noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan kelishuvga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

12 Apr 21:15
 
41
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.