calendar 06 Jul 09:33
eye 100
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Si Szinpin Imomali Rahmonni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

image

Xitoy rahbari Si Szinpin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Mukofotni topshirish marosimi ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan Millat saroyida bo‘lib o‘tdi. Rahmon Xitoy rahbariga mukofotni topshirgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

“Mening kamtarona xizmatlarimga yuksak baho berganingiz va Xitoy Xalq Respublikasining yuksak mukofoti - “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlaganingiz uchun chin dildan minnatdorman”, deydi Prezident.

Uning fikricha, bu butun tojik xalqi uchun Xitoy bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lidagi mukofotdir.

“Qo‘shnichiligimizning qariyb 33 yili davomida Tojikiston-Xitoy chegarasida bironta ham noxush hodisa ro‘y bermagan”, deb ta’kidladi Tojikiston rahbari.

O‘z navbatida, Si Szinpin taqdirlash marosimi Xitoydan tashqarida ilk bor o‘tkazilganini ta’kidladi. Xitoy rahbarining aytishicha, Rahmon “Xitoy va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarni yaratgan va ilgari surgan favqulodda siyosatchidir”. U ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik samarali bo‘lib, “boy mevalar” keltirganini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, “Do‘stlik” ordeni Xitoy Xalq Respublikasining 2016 yil 1 yanvardan kuchga kirgan “Davlat mukofotlari va davlat faxriy unvonlari to‘g‘risida”gi qonuni bilan davlat mukofoti sifatida tasdiqlangan. U faqat Xitoyning davlat qurilishi va modernizatsiyasiga, XXR va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi aloqa va hamkorlikni rivojlantirishga, butun dunyoda tinchlikni saqlashga alohida hissa qo‘shgan xorijiy fuqarolarga beriladi.

2018 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin tarixda birinchi bo‘lib ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.

Xitoy rahbari Dushanbega bir kun avval davlat tashrifi bilan kelgan edi. Tashrif davomida Rahmon bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Xitoy tomoni moliyalashtirgan Tojikiston hukumati va parlamentining yangi binolarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Szinpinning tashrifi 6 iyul kuni yakunlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
32
0
xs.uz

Yunon neft tankeri Qizil dengizda hujumga uchradi

'Sounion' nomli Yunon neft tankeri Qizil dengizda bir nechta hujumlardan soʻng yonib ketdi. Bortida 25 ekipaj aʼzosi boʻlgan tankerga ikkita qayiqda oʻndan ortiq odam hujum qilgan. U Iroqdan Afinaga ketayotgan edi. Hujum vaqtida tanker Yamanning port shahri Hudeydadan 143 km gʻarbda boʻlgan. Ekipajda 23 nafar filippinlik va 2 nafar rossiyalik boʻlgan, jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan. Gretsiya Dengiz ishlari vaziri ushbu holatni xalqaro huquqning buzilishi va xalqaro yuk tashi

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a

10 Oct 16:16
 
15
0
xs.uz

Rossiya — Ukraina urushining 958-kuni. Frontda vaziyat qanday?

Rossiya Ukraina janubidagi Odessa viloyatidagi port infratuzilmasiga zarba berishi oqibatida kamida 6 kishi halok boʻldi. Bosh vazir oʻrinbosari Oleksiy Kuleba Panama bayrogʻi ostidagi konteyner kemasi soʻnggi toʻrt kun ichida mintaqadagi uchinchi hujumi tufayli zarar koʻrganini maʼlum qildi.Ukraina harbiylari Rossiyaning janubiy Krasnodar oʻlkasida 'Shahed' dronlari saqlanadigan bazaga zarba berganini aytmoqda. Bosh shtab bayonotiga koʻra, hujum dengiz kuchlari va SBU razvedka xizmati

08 Sep 16:45
 
30
0
xs.uz

Xitoy Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Bu nimadan dalolat?

Xitoy davlat banklari Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Xabarlarga koʻra, bunda Moskvaga qarshi sanksiyalar ikki davlat oʻrtasidagi savdoni murakkablashtirgani sabab boʻlgan. 'Newsweek' vaziyat jiddiylashayotgani haqida yozgan.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning ikkinchi choragida Xitoy davlat banki Rossiyadagi aktivlarini 37 foizga, Xitoy sanoat va tijorat banki esa 27 foizga qisqartirdi. Ushbu harakatlar xalqaro sanksiyalar tufayli toʻlovlar bilan bogʻliq ortib borayotgan qiyinchilikl