calendar 05 Jul 15:57
eye 108
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Eronda prezident saylovida ovoz berishning ikkinchi bosqichi boshlandi

image

Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida ovoz berishning ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy Tehrondagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri, islohotchi Masud Pezeshkian va respublika Milliy xavfsizlik oliy kengashining sobiq bosh kotibi, konservativ Said Jaliliy ikkinchi turda prezidentlik uchun kurashmoqda.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘n to‘rtinchi marta bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida 62 millionga yaqin saylovchi ovoz berish huquqiga ega. Mamlakat bo‘ylab 59 mingdan ortiq saylov uchastkasi faoliyat yuritadi. Mamlakat tashqarisida bo‘lgan fuqarolar uchun 95 davlatda ovoz berish joylari ochildi.

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da ochilib, 18:00 da yopiladi.

Ma’lumot uchun, saylovning dastlabki natijalari yarim tunda e’lon qilinishi kutilmoqda, yakuniy natijalar ertaga e’lon qilinadi. Eronda prezidentlik muddati 4 yil bo‘lib, u ketma-ket ko‘pi bilan 2 marta saylanishi mumkin.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
112
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su

31 May 08:50
 
127
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl

17 May 21:47
 
72
0
xs.uz

Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi

Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi

04 Jun 02:45
 
122
0
xs.uz

Xalqaro qidiruvdagi oʻzbekistonlik AQShdan ekstraditsiya qilindi

Juda koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida (juda koʻp miqdorda firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblan shaxs Oʻzbekiston Interpol MMBning axborot koʻmagi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli qoʻ