calendar 05 Jul 13:15
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qashqadaryoda YTH oqibatida bir haydovchi halok bo‘ldi (video)

image

Kecha, 4 iyul kuni Qashqadaryo viloyatida Spark, BYD va Nexia rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi va buning oqibatida bir haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat taxminan 07:53 larda Qarshi shahar “Bo‘ston” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-92 “Qarshi-Tallikuron-Kasbi-Jeynov-Pomuq” avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi R.A. boshqaruvidagi Spark orqaga burilayotganida haydovchi X.L. boshqaruvida bo‘lgan BYD SONG PLUS rusumli avtomobilning harakat yo‘liga chiqib ketib, YTH sodir etgan. Ularga qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi R.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia ham to‘qnashgan.

Oqibatda Spark rusumli avtomashina haydovchisi R.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan va shu yerda vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Spark ikki piyodani urib yuborgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
14
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentini tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

5-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik va yangi muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.Prezidentlar Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlardan kelib chiqqan holda rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.Tov

09 Oct 12:39
 
21
0
xs.uz

Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti

09 Oct 12:39
 
12
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

25 Sep 13:14
 
17
0
xs.uz

Toshkentda oʻqituvchi 6-sinf oʻquvchisini kaltakladi

Bildirilishicha, voqea Chilonzor tumanidagi 188-maktabda 23-sentyabr kuni taxminan soat 15:00 lar atrofida, ikkinchi smenada 6-'V' sinfida rus tili fani darsida sodir boʻlgan.Dars vaqtida oʻquvchi E.G. oʻqituvchi R.O.ga gap qaytargan va tortishib qolgan. Soʻngra oʻqituvchi oʻquvchini qulogʻidan choʻzgan, oʻtirgan joyidan partasidan tortib olib chiqqan va uning yuziga tarsaki tushirgan.Qayd etilishicha, oʻquvchiga tan jarohati etmagan, salomatligi joyida. Biroq voqeadan xabar topgan oʻ