calendar 04 Jul 21:58
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Slovakiya Bosh vaziriga qilingan suiqasd terrorchilik hujumi sifatida qayta tasniflandi

image

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga 15 may kuni sodir etilgan suiqasd ishi o‘ta og‘ir jinoyat – terrorchilik harakati sifatida qayta toifalandi. Bu haqda Slovakiya Bosh prokurori Maros Zilinkan Facebook’dagi sahifasida yozdi. 

Bosh prokuror Maros Zilinkaning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror tergov davomida olingan dalillar asosida qabul qilingan.

“Bosh vazirni otib o‘ldirgan Yuray Sintulaga ishning qayta tasniflanishi haqida allaqachon ma’lum qilingan. Endi uni 20 yillik qamoq jazosi yoki  umrbod qamoq jazosi kutmoqda “ deydi Bosh prokuror.

Ma’lumot uchun, 15 may kuni 71 yoshli Yuray Sintula hukumat yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgan Gandlova shahrida Fitsoni bir necha marta otib tashlagan. Bosh vazir uchta o‘q jarohati bilan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Otishma sodir etgan shaxsning o‘zi darhol qo‘lga olindi. Keyinchalik u o‘z harakatini Slovakiya hukumati siyosatiga rozi emasligi bilan izohlagan.

1 iyul kuni Slovakiya Mudofaa vaziri Roberta Kalinyaka Bosh vazirning ahvoli allaqachon yaxshilanganini va u tez orada o‘z vazifasiga qaytishini ma’lum qilgan.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
50
0
qalampir.uz

Britaniya falastinliklarga yordam berishni qayta tikladi (video)

Buyuk Britaniyaning yangi Leyboristlar hukumati BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni 6 oylik to‘xtashdan so‘ng yana davom ettiradi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma’lum qildi. “Swis info” nashri buni Leyboristlar oy boshida hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Isroil-Falastin mojarosiga qanday yondashish bo‘yicha  hukumatning qilgan birinchi katta o‘zgarishi sifatida qayt etgan. 2023 yilning 7 ok

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Rossiya Harbiy-havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qo‘mondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qo‘mondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. Kobilash 1965 yilda Odessada tug‘ilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2023 yil yanvar oyida Ukraina Xa

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Yevrokomissiya Slovakiyani “xorijiy agentlar” qonuni oqibatlaridan ogohlantirdi

Yevropa Komissiyasi, agar Slovakiya xorijdan mablag‘ oluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) uchun xorijiy agent maqomi to‘g‘risidagi mahalliy qonunni qabul qilishda davom etsa, unga qarshi rasmiy chora ko‘radi. Bu haqda Yevropa komissari Vera Yourova Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qildi. “Agar Slovakiya nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish borasida Vengriya yo‘lidan borsa, biz zudlik bilan qoidabuzarlikni bartaraf etish ta

27 Jul 11:00
 
62
0
qalampir.uz

Britaniya Netanyaxuning hibsga olinishiga qarshilik bildirmaydi

Buyuk Britaniya hukumati Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olishga order berish bo‘yicha Xalqaro jinoiy sudning yurisdiksiyasiga e’tiroz bildirishdan bosh tortdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi. Leyboristlar partiyasi yetakchisi, Bosh vazir Kir Starmer Netanyaxuni hibsga olinishiga qarshi chiqish siyosati avvalgi hukumatga tegishli ekanini bildirgan. “Sudning hibsga olish borasidagi orderiga qarshi chiqishga keladigan bo‘lsak, u joriy yilning 4 i