calendar 04 Jul 21:52
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyevning Ozarbayjonga borishi kutilyapti

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining Shusha sammiti doirasida joriy yilning 5-6 iyul kunlari Ozarbayjonga borishi kutilmoqda. Bu haqda “CBC” telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, sammit o‘tkaziladigan sana va dastur ommaga e’lon qilingan. Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Prezidentlari, tashkilotga a’zo davlatlardan kuzatuvchilar, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkilotining Bosh kotibi ishtirok etishi kutilmoqda. Sammit mavzusi “Transport aloqasi va iqlim bo‘yicha harakatlar orqali barqaror kelajakni qurish” deb nomlangan.

Manbaning yozishicha, ushbu sammit tashkilotning asosiy masalalari va kun tartibi bo‘yicha yuqori darajadagi muhokamalar uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi. Sammit yakunlangach, kun tartibiga asosan Qorabog‘ deklaratsiyasi hamda boshqa bir qator muhim hujjatlar imzolanadi. Sammit oldidan Turkiy davlatlar tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda norasmiy sammit kun tartibidagi masalalar va rahbarlar tomonidan imzolanadigan hujjatlar bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etgani haqida xabar berilgandi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa TDT sammitida ishtirok etmasdan, Yevro-2024ʼni ko‘rish uchun Germaniyaga boradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Toʻfon tufayli Floridaning besh milliondan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi

'Milton' toʻfoni tufayli AQSHning Florida shtatida yashovchi besh milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi. 'New York Times' nashrining yozishicha, bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri hisoblanadi.'5,5 milliondan ortiq odam Floridaning gʻarbiy sohilini tark etishga majbur boʻldi. Bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri', ' deyiladi manbada.Gazetaning yozishicha, rasmiylar shtat aholisini eng yaqin boshpanalarga borishga va uzoqqa ketmaslikka chaqirgan. Aholi evak

24 Aug 17:27
 
34
0
xs.uz

Ukraina endi Moskvani nishonga oldi

Ukraina Kursk viloyatiga hujumini davom ettirar ekan, Moskvaga eng yirik uchuvchisiz uchoqlar bilan zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi chorshanba kuni mudofaa kuchlari Moskva va uning atrofidagi 11 ta dronni urib tushirgani, baʼzilari Podolsk shahri ustidan Kremldan 38 km janubda qulaganini maʼlum qildi. 'Bu Moskvaga dronlar bilan hujum qilishning eng yirik urinishlaridan biri', dedi Moskva Meri Sergey Sobyanin.Moskvaga dron hujumlari kamdan-kam uchraydi. Ukrainaning Rossiya poytaxtini

20 Sep 00:23
 
19
0
xs.uz

Rossiya aviabazasida portlash va Isroil—Livan mojarosi (+video)

Isroil Gʻazodagi urushdan maqsadi nima?Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning aytishicha, uning Gʻazodagi urush maqsadlari Livan chegarasi yaqinidagi hududlardan qochgan isroilliklarning oʻz uylariga qaytishiga imkon berishni oʻz ichiga oladi.Isroil qariyb bir yil oldin Gʻazoga qarshi urush boshlaganidan beri Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Livanning 'Hizbulloh' qurolli guruhi oʻrtasida deyarli har kuni chegaradan oʻt ochish holatlari kuzatilmoqda.Seshanba kuni Netanyahu idorasi b

10 Oct 17:10
 
23
0
xs.uz

AQSH va Fransiya kelishuv yoʻlini qidirmoqda – Livan

Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi payshanba kuni Isroilning Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan 'Hizbulloh' guruhiga qarshi yirik hujumini amalga oshirayotgan va janubdagi Livan tinch aholisini uylariga qaytmaslik haqida ogohlantirayotgan bir paytda Isroilning hujumi Livan janubida besh nafar favqulodda xizmat xodimini oʻldirgan.Livan muvaqqat bosh vaziri Najib Mikatining aytishicha, AQSH va Fransiya oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini tiklash maqsadida aloqalar olib borilmoqd