calendar 04 Jul 14:18
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Turkiyalik futbolchining harakati bilan bog‘liq vaziyat tufayli Germaniya elchisi TIVga chaqirtirildi

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) tomonidan o‘yindan keyin turk millatchilarining imo-ishorasini ko‘rsatgan futbolchiga nisbatan boshlangan intizomiy tekshiruv tufayli Germaniyaning Anqaradagi elchisi Yurgen Shuls Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi “UEFA  tomonidan olib borilgan ushbu tergovga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini” e’lon qildi va Germaniya rasmiylarining bunga munosabatini “siyosiy va ksenofobiya” deb atadi. 

“UEFA 2024 yilgi Yevropa futbol chempionati doirasida 2 iyul kuni Avstriya terma jamoasi bilan o‘yinidan so‘ng terma jamoamiz futbolchisi Merih Demiralga nisbatan intizomiy tergov ochganini qabul qilib bo‘lmaydi”,  deyiladi Turkiya TIV xabarida.

Vazirlikning eslatishicha, Germaniya Konstitutsiyasini himoya qilish bo‘yicha Federal tashkilot tomonidan 2023 yil sentyabr oyida e’lon qilingan hisobotda “kulrang bo‘ri” belgisini ko‘rsatadigan har bir odamni o‘ta o‘ng tomon sifatida tavsiflash mumkin emasligi ta’kidlangan. 

“Garchi “kulrang bo‘ri” imo-ishorasi Germaniyada taqiqlangan belgi bo‘lmasada, nemis rasmiylarining Demiralning harakatiga munosabati ksenofobiyadan dalolat beradi, biz ushbu tarixiy va madaniy ramzdan foydalanishga siyosiy sabablarga ko‘ra munosabat bildirilganini qoralaymiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA Demiralning harakati bo‘yicha tergov boshlagani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Parij-2024: Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z yurishini boshlaydi

Bugun, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari boshlanadi. Musobaqa O‘zbekiston-Ispaniya Olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Jamoalar “C” guruhida keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr va Dominikan 3 ochko uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi o‘yinda to‘liq oq libosda, darvozabon esa qora libosd

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi tennischisi e’lon qilindi

“Katta Dubulg‘a”ning 20 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, shveysariyalik Rojer Federer XXI asrning eng yaxshi tennischisi deb topildi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Nashr talqiniga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda “Katta dubulg‘a” turnirlarining 24 karra g‘olibi, dunyoning sobiq birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich qayd etilgan. Kuchli uchlikni 22 karra “Katta dubulg‘a” g‘olibi, ispaniyalik tennischi Rafael

15 Jul 12:02
 
49
0
qalampir.uz

Eronlik futbolchi “Inter” klubi a’zosiga aylandi

Italiyaning “Inter” klubi “Portu”ning 31 yoshli hujumchisi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Eronlik futbolchining Portugaliya klubi bilan shartnomasi o‘tgan mavsum oxirida yakuniga yetdi va u erkin agent sifatida “Inter”ga o‘tdi. Taremi 2018 yilda Qatar klubiga ko‘chib o‘tgunga qadar Eronning bir qator jamoalarida faoliyat yuritgan.  U “Al-Garafa”da ikki mavsum o‘ynagach, Yevropa

19 Jul 16:16
 
77
0
qalampir.uz

Rossiyalik jangchi aeroportda sayyohni kaltakladi

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Larkin Vnukovo aeroportida sayyohni kaltakladi. Bu haqda “Mash” Telegram sahifasi xabar berdi. Manbaga ko‘ra, sportchi erkak sayyohga hujum qilgan. Sayyoh va uning oilasi sportchi va do‘stlariga VIP yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan golf mashinasiga chiqishga xalaqit bergan. Qayd etilishicha, dastlab tomonlar o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqan, biroq keyinchalik Larkin mushtlarini ishlatgan. Jangchi bilan birga aeroport xodim